O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   416
Jufti yo’q, jarangli undoshlar:
l, m, n, r, ng, y
Jufti yo’q jarangsiz undoshlar:
q, h 
Bolalar jufti yo’q jarangli undosh tovush so’zning oxirida kelganda ham 
alifbodagi xuddi shu harf yozilishini, yaoni talaffuzi doim yozilishiga mos kelishini 
bilib olishlari yetarli. Jufti bor jarangli undosh tovushlar so’z oxirida kelganda, bun-
day moslik bo’lmaydi, yaoni ko’pincha uning jarangsiz jufti talaffuz qilinadi 
(maktap, ozot 
kabi). Bunday so’zlar o’zbek tilida ko’p bo’lgani uchun I sinfdanoq 
o’quvchilarni ularning ayrimlari bilan tanishtirish zaruriyati tug’iladi. Dasturga 
ko’ra, I sinf o’quvchilari 

va 

jarangli undoshi so’z oxirida kelganda, uning 
jarangsiz jufti 

va 

talaffuz qilinishi bilan va bunday so’zlarning yozilishini qanday 
tekshirish bilan tanishtiriladi. Ularning talaffuzi va yozilishini tekshirishda 


420 
fonetikaga asoslaniladi. O’quvchilar fonetik bilimlariga asoslangan holda, jufti bor 
jarangli undoshlarning yozilishini quyidagicha tushuntiradilar: 
 
– Kitob 
so’zi oxirida jufti bor undosh tovushni eshityapman, shuning uchun 
so’zni tekshirish kerak. SHu undoshdan keyin unli tovush eshitiladigan so’z 
tanlayman: 
kitobi. Kitobi 
so’zida 
b
tovushi eshitilyapti, shuning uchun 
kitob 
so’zida 
b
harfini yozaman. 
Bunday muhokama yuritish uchun o’quvchilar quyidagi bilim va 
ko’nikmalarni egallashlari kerak: 
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish. 
2. So’z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti 
eshitilishi, shuning uchun bunday so’zlarni tekshirish kerakligini bilish. 
3. Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda, boshqa tovush bilan 
almashmasligini bilish. Undosh tovushdan so’ng unli tovush kelgan so’z 
tekshiruvchi so’z bo’la olishini bilish. 
4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash 
(kitobi –
kitob, maqsadi – maqsad, maqsadga).
SHunday qilib, o’quvchilar qanday so’zlar tekshirishni talab qilishi va uning 
sababini, qanday so’zlar tekshiruvchi so’z hisoblanadi va nima uchunligini bilishlari 
zarur. 
O’qituvchi qanday so’zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti 
bor jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo’lgan so’zlar ustida kuzatish o’tkazadi: 
maktabim – maktab, tuzi – tuz 
kabi. 
O’quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so’zlarni va so’zdagi jarangsiz 
undosh tovush o’ziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so’zning oxirida 
jufti bor undosh tovush kelsa, u so’z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar. 
Tekshirishga tayangan holda, yozishga imkoniyat yaratish uchun o’quvchilar 
tekshiruvchi so’zni tekshiriladigan so’zdan doim oldin yozadilar: 
avlodi – avlod, 
kitobi – kitob. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin