417
ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan,
aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara
kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma`noni
ifodalaydi.
So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi.
Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib
oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, yaoni so’zni
bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar.
Bunda tovush
tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat
beriladi.
So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish
undagi harflarni tushirib
qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham,
so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod
o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida
so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab
borish zarur.
Ma`lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi:
unli tovushlar
va
undosh tovushlar.
Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari
hisobga olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz
bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz
bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh
tovushlar talaffuz
qilinganda shovqin eshitiladi, baozan shovqin va qisman ovoz
eshitiladi);
3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh
tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi).
O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik,
aksincha, 1-
sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq
aozolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday
kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi.
Tovushlarni
418
o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga
imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham
bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga,
umumlashtirishga o’rganadilar.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar
bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:
A.tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz
va yozamiz;
v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar.
Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:
1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan,
maktab
so’zidagi
b
harfi
p
tovushini,
maktabim
so’zidagi
b
harfi
b
tovushini
ifodalaydi);
2)
jo’ja, jajji
so’zlaridagi
j
tovushi (jarangli, portlovchi) ham,
jurnal, vijdon
so’zlaridagi
j
tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta
j
harfi bilan ifodalanadi;
3)
tong, keng
so’zlaridagi uchinchi
jarangli undosh tovush
(ng)
ikki harf
birikmasi
(ng)
bilan ifodalanadi;
4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).
Dostları ilə paylaş: