O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   416
Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar
ularning yozuvda ifodalanishi 
O’quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh undoshlar ham tovushlar
talaffuzini kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz 
undoshlar ajratiladi. Kuzatishda o’quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor 
jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini 
yaqqol ko’rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan 
baqir – paqir, 
gul 
– 
kul, dil 
– 
til, zina – sina, joy
– 
choy 
kabi so’zlardagi tovushlarni taqqoslash 
maqsadga muvofiq. Bunda o’qituvchi o’quvchilar diqqatini 
b-p, v-f, g-k, d-t, z-s, j-


419 
ch 
tovushlari biri jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini 
hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli 
undosh tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa 
faqat shovqin eshitiladi). Xattaxtaga quyidagicha yozib qo’yiladi:
Jufti bor jarangli undoshlar:
b, v, g, d, z, j, җ, g’
Jufti bor jarangsiz undoshlar:
p, f, k, t, s, ch, sh, x.
Jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar bilan ham o’quvchilar har 
xil fonetik sharoitda tovushlarni talaffuz qilishni kuzatish jarayonida tanishtiriladi. 
Buning uchun o’quvchilar so’z oxirida yoki unli tovushdan oldin kelgan 
ko’l, bilim, 
otam, olmos; quyon, bino; shifoner, fabrika; tong, singil; qo’y, kiyik 
kabi so’zlardagi 
jarangli undoshning talaffuzini taqqoslaydilar va 
l, m, n, r, ng, y 
jarangli undosh 
tovushlar talaffuz qilinganda, ovoz va shovqin eshitilishini, yaoni jarangli undosh 
tovush ekanini, bularning jarangsiz jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangli undosh tovush 
ekanini) bilib oladilar. Xuddi shunga o’xshash usulda o’quvchilar 
q, h 
undoshlari 
talaffuz qilinganda, faqat shovqin eshitilishini, jarangsiz undosh tovush ekanini, 
jarangli jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangsiz undosh tovush ekanini) bilib oladilar. 
Kuzatish natijasi xattaxtaga quyidagi ko’rinishda yoziladi (yoki kartonda 
tayyorlangan ko’rgazma ko’rsatiladi): 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin