O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Ona tili darslarida foydalaniladigan ta`limiy vositalar



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   416
Ona tili darslarida foydalaniladigan ta`limiy vositalar
Ona tili darsligi o`quvchilarning bilim olishlari uchun asosiy manba hamda 
ta`lim vositasidir. Boshlang`ich sinf ona tili darsliklari - o`quvchilar uchun bilim 
olishning asosiy manbayi. Ona tili darsliklari DTS asosida fanga oid bilim asoslarini 
ma`lum tartibda bayon etadi. Ona tili darsliklariga DTS talablari va unga muvofiq 
tuzilgan dastur asosida yaratiladi. Mazkur darsliklar boshlang`ich sinf 
o`quvchilarida ona tilidan fonetik, morfemik va grammatik bilim, ko`nikma va 
malakalarni shakllantiradi va takomillashtiradi, ularning ilmiy tafakkurining tarkib 
topishiga yordam beradi. . Shuningdek, o`quvchilarni ma`naviy-g`oyaviy jihatdan 
tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Ona tili darsliklari, asosan, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
-o`zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo`yicha nutqning 
og`zaki va yozma shakllaridan amalda to`g`ri foydalanish uchun zarur bo`lgan 
ilmiy-amaliy ma`lumotlar berish; 


412 
-o`quvchilarni to`g`ri va adabiy talaffuzga o`rgatish, imloviy savodxonlik 
ko`nikmalarini shakllantirish; 
-fikrni og`zaki ba yozma shakllarda bayon qila olish; 
-o`quvchilarda milliy ong va milliy mafkurani tarbiyalash; 
-kundalik hayot uchun zarur bo`lgan taklifnoma, tabriknoma, e`lon, maktub, 
tushuntirish xati, ishonch qog`ozi kabi ish qog`ozlarini yuritish. 
Boshlang`ich sinf ona tili darsliklari bilim berish, o`rganilgan bilimlarni 
mustahkamlash va takrorlashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Har bir mavzu 
yoki bo`limning oxirida berilgan ijodiy-amaliy ishlar ( savol va topshiriqlar) 
o`quvchilarning egallagan bilim, malaka va ko`nikmalarini mustahkamlaydi. 
Ona tili darslarida qo`shimcha vositalardan foydalanish.
Ona tili ta`limi 
jarayonida darslikdan tashqari qo`shimcha vositalar: maxsus yaltiroq plyonkalarda 
tayyorlangan chizmalar (transporatlar), darsliklar asosida yaratilgan multimediya 
darsliklari, o`quv filmlari va diafilmlar, ovozni yozib olish vositalari, jadval, rasmli 
albom, televidenie eshittirishlari kabilardan ham foydalaniladi. Bu vositalar 
o`qituvchi tomonidan tayyoranishi ham, maxsus majmua sifatida nashr etilishi yoki 
chiqarilishi ham mumkin. Ona tili mashg`ulotlarida maxsus yaltiroq plyonkada 
kichik hajmda tayyorlangan chizmalar, jadvallar, ayrim izohlar, topshiriqlarni 
grafonproektorlar orqali yiriktirlashtitilib namoyish etish samarali vositalardan
sanaladi. Plyonkaga tushirilgan til materialining anchagina ustunlik tomonlari bor. 
Avvalo, plyonkadagi material orqali barcha o`quvchilar diqqatini o`rganilayotgan 
muammoga qaratish mumkin. Shuningdek, bir materialni bir necha bo`lakka bo`lib, 
o`quvchilar diqqatiga havola qilishda bunday usul qo`l keladi.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin