O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   416
Analiz-sintez metodi
savod o’rgatish darslariga rus-tuzem maktablari va tatar 
o’qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta`limi jarayoniga analiz-
tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o’rganilgan 
grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida 
tadbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda 
namoyon bo’lishidir. Sintez qismlarga bo’lib o’rganilgan grammatik materialni 
yaxlitlashdir. Masalan, ot, sifat, fe`l, son kabi so’z turkumlari o’rganilayotganda 
ularga oid so’zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so’zlardan gap 
tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, 
mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi 
namoyon bo’ladi. Analiz-sintez metodida ham o’quvchilarni faollashtirish 
o’qituvchining o’quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish 
shakllariga bog’liq bo’ladi. 
Induktsiya metodida 
o’quvchilar o’qituvchi tavsiya etgan til dalillarini 
kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va taoriflar keltirib chiqaradi. 
Deduktsiya metodida
o’quvchi tayyor qoida – taorif bilan tanishadi va uning 
mohiyatini til dalillari asosida ochadi.


411 
Bu metodlarning samarasi o’qituvchining savol-topshiriqlari mazmuni 
grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo’naltirilganligiga, izchilligiga, 
faoliyatni tashkil etish shakllariga, o’quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi 
lug’atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog’liq bo’ladi. 
Hozirgi kunda o`quvchilarni mustaqil faoliyatga undovchi, ularning mantiqiy 
fikrlasini taqozo etuvchi pedagogik texnoligiyalarni ta`lim jarayoniga tadbiq etish 
bo`yicha bir qancha muvaffaqiyatlarga erishildi. Jumladan, /////////////////// 
Jahon standarti asosida o`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarini 
shakllantiradigan va baholaydigan “Pizza”, “Prlts” nazorat usullari amalga 
kiritilmoqda.
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati 
o’qituvchining ishlab chiqqan savol-topshiriqlari mazmuni va tizimiga bog’liq. 
Yo’l-yo’lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi o’quvchining anglash 
faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin