O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   416
So’zlarni o’qing.
– Birinchi so’z nimani bildiryapti? Narsanimi, shaxsnimi? 
– Bu so’zga qanday savol beramiz? 
– Ikkinchi so’z harakatni bildiryaptimi yoki narsanimi? 
– Bu so’zga qaysi so’roqni beramiz? 
– Qaysi so’zlar miqdorni bildiryapti? 
– Bu so’zlarga qaysi so’roqni beramiz? 
– Qaysi so’zlar rangni bildiryapti? 
– Bu so’zga qaysi so’roqni beramiz? 
So’zlar ichidan shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so’zlarni topib, bir 
ustun qilib yozing. 
– Ikkinchi ustunga narsani bildirgan so’zlarni topib yozing. 
– Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so’zlarni topib yozing va hok. 
O’quvchilar topshiriqni o’qituvchi yordamida bajarib bo’lgach, muammoli 
savol o’rtaga tashlanadi:
– Yuqoridagi so’zlar nimasiga ko’ra farqlanyapti?
O’quvchilar “ma`nosiga ko’ra” degan fikrni ayta olmasalar, o’qituvchi bu 
muammoni hal qiladi:
– Bu so’zlar ma`nosiga ko’ra va so’roqlariga ko’ra farq qiladi. O’ylang, 
so’zlarni qaysi xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratamiz? So’zlarni nechta guruhga 
ajratish mumkin?
Savol-javoblardan ko’rinib turibdiki, o’quvchilar bilan suhbat rivojlantirilib 
borilyapti va o’quvchilar suhbat davomida yangi-yangi ma`lumotlarni egallab 
bormoqdalar. 3-4-sinflarga o’tganda bunday suhbatlar oxirida o’quvchilarning 
o’zlari xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlarda o’quvchilarning yoshi, saviyasidan 
tashqari, vaqt ham hisobga olinadi. Suhbat uzoq davom etsa, o’quvchilar charchab 
qoladilar, o’zlashtirish darajasi ham susayadi. 
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida 
mustaqil ish metodi
asosan o’rganilgan 
mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo’llaniladi. 
O’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bilan mustaqil ishlarni og’zaki yoki yozma 


410 
shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko’p vaqtni olmasligi, o’quvchilar kuchi 
yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo’ljallangan bo’lishi kerak. 
Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1-sinfdan boshlab beriladi va u asta-sekin 
marakkablashtirilib boriladi. 1-sinfda “Yozgan so’zlaringizni lug’atdan tekshiring”, 
“Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing”, “Rasmni kuzating. Unda 
tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing” kabi topshiriqlar 
beriladi. Masalan, 88- mashqda “O’lkamda bahor” mavzusida syujetli rasm berilgan. 
O’quvchilar rasmni kuzatib, narsa nomlarini yozadilar. Bunda bir o’quvchi 5 ta, 
ikkinchi o’quvchi 10 ta va hokazo so’z yozishi mumkin. Aslida rasmda 30 tadan 
ortiq narsa tasvirlangan: 
tog’, osmon, bulut, qor, terak, tol, o’rik, ko’ylak, shim, tufli, 
mayka, lenta, soch, bosh, qir, dala, o’t, gul, qo’l, oyoq, quloq, ko’z, burun, yuz, og’iz, 
barmoq, bo’yin, qorin, yubka, jemper, daraxt
va hokazo. Bu o’quvchilarning eotibor 
bilan kuzatishga – kuzatuvchanlikka o’rgatadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin