405
ajratish, o’xshash va farqli
jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga,
xulosa
chiqarishga yo’naltirilgan savollar tuzishni, ularni o’quvchilarga
izchil berib
borishni talab etadi.
Boshlang’ich sinflarda suhbat metodining
muammoli o’qitish metodi
sifatida
qo’llanilishi ta`limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta`sir ko’rsatadi.
Muammoli o’qitish metodiga
amerikalik pedagog va psixolog Dj. D`yun 1894
yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga
yordam berishgina emas, balki o’quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish,
ijodiy qobiliyatlarini o’stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o’qituvchining
topshirig’i bilan o’quvchining oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli
vaziyat yaratiladi. Bu muammoni o’quvchi oldin egallagan
bilimlari asosida hal
etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli
o’qituvchi muammoni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi.
Muammoni
o’quvchi hal qila olmasa, uni o’qituvchining hal qilishiga to’g’ri keladi. SHuning
uchun boshlang’ich sinfda muammoli o’qitish metodi
yarim izlanishli metod
deb
ham yuritiladi.
Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo`l bilan bayon qilish metodi.
Ma`lumki, izlanishga asoslangan har qanday faoliyat sermahsul faoliyatdir.
O`quvchi til hodisalarini tayyor holda o`zlashtirmay, o`zi izlansa, aktiv ijodiy
faoliyat ko`rsatsa, o`zlashtirish jarayoni ancha samarali bo`ladi. Muammoli ta`lim
ana shunday izlanish va ijodiy faoliyat ko`rsatish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.
Bu metod shaxs va uning ijtimoiy faolligini har tomonlama
rivojlantirish vositasi
sifatida xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: