O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Tushuntirish-namoyish etish metodi



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   416
1. Tushuntirish-namoyish etish metodi. 
O’qituvchi tomonidan bilimlar 
tayyor holda beriladi. Ona tilining qonun-qoidalari o’qituvchi tomonidan 
tushuntiriladi va uni mustahkamlash maqsadida misollar keltiriladi. O’quvchilar 
bayon qilinayotgan bilimlarni tinglaydilar va xotirada saqlashga harakat qiladilar.
2. Muammoli bayon qilish metodi. 
O’qituvchi o’quvchilar oldiga ma’lum bir 
muammo qo’yadi va ularning mustaqil aqliy faoliyat ko’rsatishlarini ta’minlash 
orqali bu muammoni hal qilishga kirishadi. Ta’limning bu metodi o’quvchilar 
tomonidan o’quv materialining o’qituvchi rahbarligida mustaqil tahlil etilishi, 
kuzatilishi, guruhlanishi, umumlashtirilishi bilan ajralib turadi. 
3. Qayta xotiralash metodi. 
Bu metodning o’ziga xos xususiyati shundaki, 
o’quvchi o’quv topshirig’ini egallangan bilimlarga asoslangan holda yoki berilgan 
namunaga qarab bajaradi. O’quvchi muayyan andoza asosida harakat qiladi.
4. Qisman izlanuvchanlik metodi.
Ta’limning bu metodi shu bilan ajralib 
turadiki, o’qituchi dars jarayonida ma’lum o’quv muammosini qo’yadi, ammo uni 
mustaqil hal qilish yo’llarini ko’rsatmaydi. Har bir o’quvchi muammoni mustaqil 
hal qilish uchun o’zicha izlanadi. Ammo qiyinchilik tug’ilganda unga yordam 
ko’rsatiladi. 
O’quvchi 
bu 
yordamni 
o’qituvchining 
tushuntirishidan, 
o’quvchilarning o’zaro suhbatidan yoki darslikdan olishlari mumkin. Topshiriqni 
bajarish jarayonida olinadigan yordam metodni qisman ijodiy qilib qo’yadi.
5. Tadqiqot metodi.
Bu metod o’quvchidan to’la ijodiylikni talab etadi. Yangi 
bilimni egallash maqsadida o’quvchi matnni mustaqil ravishda tahlil qiladi va o`zi 
shunday matnlar yaratadi. O’qituvchi tomonidan beriladigan ijodiy amaliy 


402 
topshiriqlar ham hech qanday yordamsiz yoki namunaga asoslanmagan holda 
bajariladi. 
Mazkur tasnifning ustunligi shundaki, o`quvchilarning bilish faoliyatini
bosqichma-bosqich faollashtirish nazarda tutilgan hamda unda o`quvchilarning 
qobiliyatlarini rivojlantirishga va o`quv faoliyati tarkibida tadqiqotchilik unsurlari 
bo`lishi zarurligiga e`tabor berilgan.
Yuqorida berilgan metod tasniflari ta`limning umumiy qonuniyatlaridan 
kelib chiqqan. Ularni boshlang`ich ta`limda o`qish darslarida badiiy matn ustida 
ishlashga va ona tilini o`qitishga tadbiq etish mumkin. 
Xususiy metodlar, shu jumladan, ona tili o`qitish metodikasi ham o`qitishning 
barcha masalalari qatori talim metodlarini tanlashda umumdidaktik sistemaga 
asoslansa-da, ammo uning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan metodlari 
ham mavjud.
Ona tili o`qitish metodikasida ta`lim metodlari kam o`rganilgan. Metodist 
H.Rustamov bilimlarni olish manbaidan kelib chiqib, ona tili o`qitish metodlarini 
quyidagicha tasniflaydi: 
1) o`qituvchining bayoni; 
2) suhbat; 
3) til hodisalarini kuzatish va analiz metodi; 
4) grammatik tahlil; 
5) darslik ustida ishlash
6) ko`rgazmali qurollardan foydalanish; 
7) sayohat. 
Bu metodlar, birinchidan, qayta xotirlashga asoslangan metodlar bo`lib, ular 
o`quvchilarda ijodiy qobiliyatlarini o`stirishga to`la muvofiq kelmaydi. Bu 
metodlarda, asosan, o`qituvchi faoliyati nazarda tutilgan; ta`lim jarayonining
sub`ekti sanalgan o`quvchi e`tibordan chetda qolgan. Mazkur tasnifda o`quvchilarda 
izlanuvchanlikni shakllantirishga xizmat qiladigan muammoli bayon, qisman 
izlanuvchanlik, tadqiqot (izlanuvchanlik) metodlari tamoman o`z ifodasini 
topmagan.


403 
Shuningdek, M.Yusupov, Q. Abdullayeva, K.Qosimova, R. Safarova kabi 
metodistlar boshlang`ich ta`lim ona tili darslarida qo`llanadigan metodlar va 
ularning tasnifi bo`yicha bir qancha fikr-mulohazalar bildirishgan. 
Ma`lumki, dars ikki yoqlama jarayon bo`lib, unda o`qituvchi faoliyati, balki 
o`quvchi faoliyati ham asos bo`lib xizmat qilmog`i lozim. Ona tili darslarida 
qo`llaniladigan o`qitish metodlari nafaqat bilimlarni bayon qilish yoki uni 
mustahkamlashga xizmat qilishi, balki o`quvchilarning mustaqil bilim olishini ham 
hisobga olishi, ta`lim jarayoniga izlanuvchanlik va tadqiqotchilik unsurlarini
qo`shish orqali ularni ijodiy faoliyatga tayyorlashi lozim. Ana shu nuqtai nazardan 
qaraladigan bo`lsa, ta`lim metodlarini ikki katta guruhga ajratish mumkin: 
1. O`qituvchi faoliyati bilan bog`liq metodlar. 
2. O`quvchi faoliyati bilan bog`liq metodlar. 
O`qituvchi faoliyati bilan bog`liq metodlarni:
1. Bilimlarni tayyor holda bayon etish metodlari. 
2. Bilimlarni muammoli yo`l bilan bayon qilish metodlari. 
O`quvhchi faoliyati bilan bog`liq metodlar o`z navbatida qayta xotirlash, 
qisman izlanuvchanlik va izlashga asoslangan metodlarga bo`linadi.
Bilimlarni tayyor holda 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin