406
Umar Hayyom (1042-1112) “Matematik traktatlar”ida bilish uchun fikrlash
zarurligiga, qiyinchililarni bartaraf etish uchun o`ylash kerakligiga da`vat etadi. Al-
Tusiy (1201-1274) esa bilimlarni puxta egallash uchun mustaqil izlanishning
zarurligini alohida qayd qiladi. Bu g`oya keyinchalik evrestik ta`lim nazariyasining
yuzaga kelishiga asos bo`ldi. XIX asrning 70-yillarida Rossiyalik bir guruh
tilshunos olimlar (TS.P.Baltalon, M.A.Ribnikova) evristik ta`lim metodi orqali
o`quvchilarni mustaqil izlanish yo`li bilan ularni faollashtirishga erishish
mumkinligini asoslab berdilar.
O`quvchilarni izlanishga undash suhbat asosida amalga oshiriladi. Har
qanday izlanishga asoslangan suhbat jarayonida muammoli vaziyat yaratish ehtiyoji
bor.
Bilimlarni muammoli yo`l bilan bayon qilish o`quvchilarning ijodiy
imkoniyatlarini kengaytirishga, noma`lumni izlab topish jarayonida o`zligini
namoyon etishga imkon beradi. Muammoli ta`limda o`quvchilarning faoliyati
shunday tashkil etiladiki, ularda o`rganilayotgan bilimlarga ehtiyoj tug`diriladi. Bu
metod o`rganilishi ko`zda tutilgan til hodisasini o`quvchidan pinhon saqlaydi; unda
bilishga ehtiyoj, zaruriyat tug`iladi. Muammoli ta`lim o`quvchilarning mustaqil
ijodiy fikrlashini o`stirishga qaratilgan. Bunday ta`lim esa rivojlantiruvchi ta`limdir.
Muammoli o`qitish muammo yaratish (muammoni vujudga keltirish) bilan
boshlanadi. Ona tili ta`limi jarayonida muammoli vaziyat quyidagi hollarda
yuzaga keladi:
-ona tilidan egallangan bilimlarni yangi sharoitda qo`llash ehtiyoji yuzaga
kelganda;
-muammoli topshiriq bilan uni bajarish usuli o`rtasida nomutanosiblik
vujudga kelganda.
Ona tili darslarida muammoli vaziyat yaratishning quyidagi usullaridan
foydalanish mumkin:
Dostları ilə paylaş: