408
Mazkur usul bilan “Otlarning birlik va ko`plikda qo`llanishi”
mavzusini
o`rganishda muammoli vaziyat yaratishi mumkin. O`quvchilarga
bir turdagi
predmetlar beriladi va ular bilan quyidagi savol-topshiriqlar
asosida taqqoslash
ishlari amalga oshiriladi:
-Shu predmetlardan bitta va ko`p predmetlar guruhini hosil qiling.
-Predmet to`plamlarini qiyoslang va farqlarini aniqlang. (Bitta qalam. Beshta
qalam.)
-Bitta va beshta so`zlarisiz har bir to`pdagi predmetni ayting. (qalam va
qalamlar)
-Siz “qalam” va “qalarmlar” so`zlarini qanday otlar deb tushunasiz?
degan
muammoli savol o`rtaga tashlanadi.
3.Til hodisalarini umumlashtirish orqali muammoli vaziyat yaratish.
Umumlashtirish aqliy faoliyatining eng murakkab usuli bo`lib, u ona tilini induktiv
yo`l bilan o`qitishga asoslanadi. Induktiv yo`l
esa til hodisalarini kuzatish,
tahlil
qilish, guruhlash kabilar asosida umumlashmalar hosil qilish demakdir. O`quvchi
berilgan so`z, so`z birikmasi, gap va matnlarni kuzatib tahlil qilgach, muammoni
yechishga tayyor bo`ladi. Masalan, 4-sinfda “Undalma” mavzusi o`rganilar ekan,
o`quvchilar zimmasiga ega bilan undalmaning farqini
aniqlash va undalmaga
mustaqil ravishda ta`rif berish vazifasi yuklatiladi. Odatda,
birinchi muammo hal
qilingach, ikkinchi va uchinchi muammoni hal qilishga o`tiladi. Masalan, muammoli
o’qitish metodini leksik-semantik va grammatik mashqlarni
tashkil etishda ham
qo’llash mumkin. Bu metoddan 1-sinfdan boshlab foydalanish mumkin. Bu metodni
“Tovush va harf” mavzusini o’rganayotganda tovushning so’z ma`nosini
farqlashdagi vazifasini tushuntirishda, “So’z ma`nosi”, “Nutq va gap” mavzularini
o’rganishda ham qo’llash mumkin. Masalan, “So’z ma`nosi” mavzusini o’rganish
uchun xattaxtaga turli ma`nodagi, yaoni turli so’z turkumiga kiradigan so’zlar
aralash holda yozib qo’yiladi. O’quvchilar bilan qo’yidagicha savol-javob tashkil
qilinadi:
So’zlar:
kitob, qurdi,
shifokor, sakkiz, qizil, qalam, o’qidi, yashil, binokor,
o’nta, o’qituvchi, sakkiz.