O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat yaratish



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   416
1.Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat yaratish.
Til 
hodisalarini kuzatish tahlilning samarali shakli sanaladi. Bu usul yordamida 
muammoli vaziyat yaratish uchun o`quvchilardagi mavjud bilimlarga asoslanib, 


407 
noma`lum muammoni aniqlashni ularning o`zlariga topshirish mumkin. Masalan,
“Otlarning kelishiklar bilan qo`llanishi” mavzusini o`tishda quyidagi matn va savol-
topshiriqlar asosida muammoli vaziyat yaratiladi: 
Kitob insonning ma’naviy dunyosini boyitadi. Inson hayotida kitobning 
ahamiyati katta. Xalqimiz kitobni doim qadrlagan. Kitobga muqaddas buyum 
sifatida qaraganlar.CHunki kitobda ko’plab foydali narsalar bayon qilinadi. Biz 
ham kitobdan bilmaganlarimizni bilib olamiz. 
-Matnni ichingizda o’qing. Otning so’rog’i asosida matnda qatnashgan bir xil 
so’zni aniqlang. 
-SHu so’zga o’zi bog’langan so’z orqali so’roq bering. Ularni birga o’qing. 
(Birinchi aniqlagan o’quvchi doskaga, qolgan o’quvchilar daftariga yozib boradilar.) 
Doskada quyidagi birikmalar hosil bo’ladi: 
kitob boyitadi - 
kitobning ahamiyati -ning 
kitobni qadrlaganlar -ni
kitobga qaraganlar -ga 
kitobda bayon qilinadi -da 
kitobdan bilib olamiz -dan 
-
Kitob
so’zi keyingi so’zga qaysi qo’shimcha yordamida bog’langan?
O’quvchilar ularning to’g’risiga bog’lovchi vositalarni – kelishik 
qo’shimchalarini yozib boradilar.
-Bu qo’shimchalar qanday qo’shimchalar deb yuritiladi? (3-sinfda 
o’rganganlari asosida “Gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydigan qo’shimchalar” deb 
aytadilar) 
-Bu qo’shimchalar qaysi turkumdagi so’zga qo’shilgan? (ot) 
-Otga qo’shilgan bu qo’shimchalarni yana qanday nomlash mumkin?
Oxirgi savol muammoli vaziyatni yuzaga keltiradi. 
2. Til hodisalarini qarama-qarshi qo`yish va taqqoslash asosida muammoli 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin