O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   416
bayon qilish metodi 
ona tili darslarida eng ko`p 
qo`llanib kelinayotgan metodlardan sanaladi. Bayon yordamida murakkabroq, 
ayniqsa, o`quvchilarga oldindan ma`lum bo`lmagan ma`lumotlar izohlanadi. 
Ko`pincha til hodisalarining mohiyatini tushuntirish, o`quvchilar bilimidagi bo`sh 
tomonlarni to`ldirish, qo`shimcha ma`lumot berish, savollarga javob qaytarish 
maqsadida bu metodga murojaat qilinadi. Bu metod ham ijobiy, ham salbiy 
tomonlariga ega. Uning ijobiy tomonlaridan biri vaqtni tejash imkoniyatini beradi. 
Bu o`z navbatida bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash va takrorlashga 
ajratilgan vaqt miqdorini ko`paytiradi. Bilimlarni tayyor holda bayon qilishning 
salbiy oqibatlaridan biri esa bu jarayonda o`quvchining fikrlash faoliyati ma`lum 
darajada chegaralanishidir. Ko`p hollarda o`quvchi ta`lim jarayonining faqat 
tinglovchisiga aylanib qolishi mumkin. Bu metoddan foydalanish uchun 
quyidagilarga amal qilishni maqsadga muvofiq deb bilamiz: 


404 
1. O`qituvchining nutq madaniyatiga e`tiborini kuchaytirish. O`qituvchining 
nutqi mantiqiy talablarga javob berishi shart. Sodda, mazmunli, ifodali, izchil nutq 
o`quvchilarda bilimga nisbatan kuchli qiziqish uyg`otadi. 
2. O`quv materialini qat`iy bir reja asosida bayon qilish (qat`iy reja asosida 
bayon qilingan fikrlarni o`zlashtirish o`quvchi uchun ancha qulay). 
3. Bilimlarni tayyor holda bayon qilish: ishontirish va asoslashni talab etadi. 
Ishontirish va asoslash o`rganilayotgan materialga qiziqish uyg`otadi. 
Yuqorida sanalganlardan tashqari, til hodisalarini sharhlash maqsadida 
keltiriladigan misollarning ilmiy, badiiy va tarbiyaviy yo`nalishda bo`lishini 
ta`minlash, o`qituvchi bayoni bilan namoyish etiladigan vositalarni bir-biriga 
muvofiqlashtirish o`quvchining faollik darajasini oshiradi.
Bilimlarni 
tayyor 
holda 
bayon 
qilishda 
o`quvchilar 
diqqatini 
o`rganilayotgan til hodisasining asosiy tomonlariga jalb qilish, o`rganilgan, 
o`rganilayotgan va keyinchalik o`rganiladigan til hodisalari o`rtasida mustahkam 
bog`lanishlarni vujudga keltirish ular faoliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo’llangan asosiy metodlardan biri 
bo’lgan. Bunda o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning o’rganilayotgan 
mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o’quvchilarni o’qituvchi bayonini 
kuzatib, tinglab borishga, faol bo’lishga undagan. Bunda o’qituvchi zimmasiga 
o’rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o’rinlarini aniq, lo’nda, misollar 
tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang’ich sinflarda 
bayon qilish metodi o’quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan 
holda 3-5 daqiqaga mo’ljallangan. Bayon qilish metodini qo’llash holatlari hozir 
ham uchraydi.
Suhbat metodi
boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishda keng 
qo’llaniladigan va shu bosqich o’quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat 
metodi 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin