399
III. Ona tili darsi, avvalo, o’quvchilar nutq va tafakkurini o’stirish
darsidir.
Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bo’lishi uchun o’quvchilarda o’z fikrini
grammatik to’g’ri,
uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bera olish
ko’nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o’stirish
ko’rsatmasi grammatik materialni o’rgatishda o’quvchilarning
tilimizdagi har bir
so’z turkumi yoki so’z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik
usullarni qo’llashni talab etadi, yaoni grammatik nazariya grammatik to’g’ri va aniq
nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o’stirishga
amalda tatbiq etish uchun o’rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o’stirish
darsning
mazmunida va qo’llannilgan vazifalar turlarida o’z aksini topadi.
Grammatik, so’z yasalishiga oid, imloviy materiallarni o’rganishni nutq
o’stirish bilan bog’lash o’quvchilar aqliy faoliyatini boshqarish hisoblanadi. Bolalar
nutqini o’stirish jarayoni ularning tafakkurini o’stirish bilan bog’liq.
Ona tili darsi o’quvchilar taffakurini o’stirish
ustida ishlash maqsadiga
yo’naltirilganligiga qarab baholanadi. Bunda muayyan grammatik va imloviy
materialni o’rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o’zlashtirishni
taьminlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o’tkazish tushuniladi.
Masalan, “Asosdosh so’zlar” tushunchasini shakllantirish uchun so’zlarning leksik
maьnosi va morfemik tarkibini taqqoslashni (ularning ma`nolarida umumiylikni va
ularda bir xil asosning mavjudligini) bilish lozim. O’quvchilar tafakkurini o’stirish
uchun o’qituvchi
darsga tayyorlanganda, vazifa turlarini tanlaydi, darsning
materialini va uni o’zlashtirishda o’quvchilar bajaradigan aqliy faoliyat mashqlarini
ham belgilab oladi.
O’quvchilarga beriladigan nazariy bilim tildan
ongli foydalanish imkonini
beradi. Nazariyaga ahamiyat berish, elementar tarzda bo’lsa ham, o’quvchilarning
til hodisalari o’rtasidagi bog’lanishni bilib olishiga eotibor berish demakdir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari bunday bog’lanishni bilsalar,
Dostları ilə paylaş: