400
Ona tili darslarining foydali bo’lishiga darsda og’zaki
va yozma ishlarni
maqsadga muvofiq o’tkazish, o’quvchilarning o’quv ishlarini tekshirib, nazorat qilib
borish, o’z vaqtida xatolarning oldini olish va to’g’rilash, texnika vositalaridan
foydalanish kabi omillar katta ta`sir ko’rsatadi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida
qo’llaniladigan metodlar
Ona tilini o’qitishda o’qituvchi bilan o’quvchining
birgalikdagi faoliyatini
tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta`lim tizimining takomillashuvi bilan
bog’liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.
XIX - ХХ asrlarning oxirgi yillariga qadar ona tili o`qitishda
tushuntirish-
bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va
deduktiv metodlar ko’proq qo’llanilib kelindi.
Jahon didaktiklari keyingi yillarda ta’lim metodlari va ularning tasnifiga oid
anchagina salmoqli ilmiy izlanishlar olib bordilar. Ular o’qitish metodlarini turlicha
tasnif qilmoqdalar.
Bir guruh olimlar (S.I.Perovskiy, E.Y.Golant) ta’lim metodlarini bilim olish
manbaiga qarab, og’zaki, ko’rsatmali va amaliy metodlarga bo’lsalar,
ikkinchi
guruhdagi olimlar (M.A.Danilov, B.P.Esipov) ma’lum tipdagi darslarda
bajariladigan o’quv vazifasidan kelib
chiqib bilimlarni egallash, ko’nikma va
malakalarni shakllantirish, egallagan
bilimlarni mustahkamlash, malaka va
ko’nikmalarni tekshirish va baholash kabi metodlarga ajratmoqdalar.
Y.K. Babanskiy esa ta’lim metodlarini uch katta guruhga ajratadi:
1. O’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini tashkil etish metodlari.
2. O’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini rag’batlantirish metodlari.
3. O’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini nazorat qilish metodlari.
To’rtinchi guruh olimlar (M.N.Skatkin, I.YA.Lerner) bilish faoliyatining o’ziga
xos xususiyatlaridan kelib chiqib ta’lim metodlarini:
1.Tushuntirish-namoyish etish metodi.
2. Qayta xotiralash metodi.
401
3. Muammoli bayon metodi.
4. Qisman izlanuvchanlik metodi.
Tadqiqot (izlanuvchanlik, ijodiylik) metodi kabilarga ajratadilar.
Ta’lim metodlarining I.YA. Lerner va M.N. Skatkin tomonidan taklif etilgan
ushbu tasnifi o’quvchilarning fikrlash faoliyatida
tadqiqotchilik va muammoli
vaziyat borligi bilan ajralib turadi. Mazkur tasnif til o’qitishning tabiatiga ham ancha
mos tushadi. Shu bois ona tili o’qitishda I.YA.Lerner va M.N.Skatkin tasnifiga
kengroq to’xtalamiz.
Dostları ilə paylaş: