433
hal qilishda, yaoni so’zlarni yozish, gap tuzish, so’zni tahlil qilishda foydalanishga
o’rgatish ham muhimdir. O’qituvchi tilni o’rgatish vazifalarini hisobga olib, doimo
o’quvchilarning nutqiy tajrbasiga suyanadi va til kategoriyalarining bog’liqligi
haqidagi bilimlarni tajribaga tatbiq etish jarayoniga yo’naltiradi. Bilim
komponentlari o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash bilimni tajribaga, o’quvchilarning
yozma va og’zaki nutqiga tatbiq etish imkonini beradi.
Ona tilini o’rganish jarayonida bilimlarning izchilligi qanday taominlanadi?
Avvalo, maktab dasturi lingvistik materialni o’rganishda yangi o’rganiladigai
materialning ilgari o’rganilganlar bilan ilmiy asoslangan bog’lanishini aniqlashga
imkon beradigan izchillikni ko’zda tutadi. O’qituvchi bu bog’lanishning mohiyatini
metodik jihatdan aniq ko’z oldiga keltirishi zarur. O’zaro bog’liq bo’lgan til
hodisalarini ketma-ket va parallel o’rganish mumkin. Bularning qaysi biridan
foydalanish maoqulroq degan masala ko’proq materialning lingvistik mohiyatidan
kelib chiqib hal qilinadi. Masalan, kishilik olmoshlari fe’ldan oldin o’rganiladi, bu
fe’lning shaxs-sonda tuslanishini kishilik olmoshlariga bog’lab o’rganish imkonini
beradi. O’qituvchi yangi o’rganiladigan materialni ilgari o’rganilganlar bilan
bog’laydi. Buning uchun til tushunchalarini taqqoslaydi va bir-biriga qarama-qarshi
qo’yadi. Masalan, so’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni o’rganishda ular so’z yasovchi
qo’shimchalar bilan taqqoslanadi (so’z yasovchi qo’shimcha yangi so’z hosil qilish
uchun xizmat qilsa, so’z o’zgartuvchi qo’shimcha so’zning shaklini o’zgartirish
uchun, yaoni gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishi aniqlanadi).
Dostları ilə paylaş: