O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


V. Tushunchani ko’rgazmali o’rganish



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə264/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   416
V. Tushunchani ko’rgazmali o’rganish. 
Tushunchani shakllantirishning turli 
bosqichida ko’rgazmalilikdan foydalanish katta ahamiyatga ega. Tushuncha
belgilari bilan tanishtirishning boshlang’ich bosqichida ko’rgazmalilikdan
o’rganiladigan hodisannng
 
belgilarini
 
nutqda aniq ko’rsatish maqsadida 
foydalaniladi. Til tushunchalarini shakllantirishda foydalaniladigan ko’rgazmali 
vositalarning o’ziga xos xususiyati o’rganiladigan oboekt hisoblangan so’z, so’z 
birikmasi, gap, gap bo’lagi va boshqalarga mos bo’ladi. SHunday ekan, ko’rgazmali 
vositalarga jadval, chizma, biror predmet, uning rasmi bilan bir qatorda til 
materialning o’zi ham kiradi. Tanlangan matnlar, alohida so’z va gaplarda 


434 
o’rganilayotgan hodisa aniq va lo’nda berilgan, nutqiy vazifasi va grammatik 
xususiyati ravshan ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Bu ichki ko’rgazmalilik 
o’quvchilarga tushuncha belgilarini mavhumlashtirish, o’rganilayotgan hodisani 
biror tomondan o’xshashi bo’lgan boshqa hodisalar orasidan topish imkonini beradi. 
Masalan, asosdosh so’zlarni o’rganishda tarkibida bir necha asosdosh so’z bo’lgan 
matndan foydalanish maqsadga muvofiq: 1. 
Maktabimiz hovlisida katta 
gulzor
 bor. 
Unga har xil 
gul
ekilgan. 
Gullarni gulchi
o’quvchilar parvarish qiladilar. 
2. 
Rahimning otasi zavodda 
ishlaydi
. U ilg’or 
ishchi
. Rahimning
o’zi – 
ishchan
 bola. 
Bu ikki matnda uchtadan asosdosh so’z bo’lib, ularning ikki muhim
 
belgisi (bir xil 
umumiy qismga egaligi va ma`nolaridagi o’xshashlik)ni hisobga olgan holda, 
asosdosh so’zlar yuzasidan umumlashtirish imkoni tug’iladi. Bundan tashqari, 
o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida asosdosh so’zni shu so’zlarning bir shakli 
bo’lgan so’z 
(gullarni) 
bilan taqqoslab, asosdosh so’zlar bilan so’z shakli o’rtasidagi 
farq haqida elementar tushunchaga ega bo’ladilar. 
Tushunchaning 
mohiyatini 
ochishga 
qaratilgan 
vazifalarning 
o’zi 
o’quvchilarni ularni bajarishga undashi, majbur etishi lozim. Bu bilan tushuncha 
ko’rgazmaliligi taominlanadi. Masalan, gapnnng uyushiq bo’laklari tushunchasining 
mohiyatini ochishda ikki-uch gapdan bitta gap tuzish vazifasini berish maqsadga 
muvofiq. Masalan, 
Bahorda biz qaldirg’ochlarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz 
maynalarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz chug’urchuqlarni quvonib kutib 
olamiz. – Bahorda biz qaldirg’ochlarni, maynalarni, chug’urchuqlarni quvonib 
kutib olamiz. 
Gaplar gap bo’laklari jihatidan tahlil qilinadi; o’quvchilar uchala gapda 
takrorlangan so’zlarni aytadilar; bunday hollarda kishilar uch gap o’rniga bitta 
gapdan foydalanishlarini tushunadilar. SHunday qilib, ular uch gapdan bitta gap 
tuzadilar, uni gap bo’laklariga ko’ra tahlil qiladilar, chizmasini tuzadilar. Bu 
vazifalarni bajarish bilan o’quvchilar ko’rgazmali xulosa chiqaradilar: bir kesimga 
bir necha ikkinchi darajali bo’lak bog’lanishi va ular bir xil so’roqqa (nimalarni?) 
javob bo’lishi mumkin; bir bo’lakka qarashli va bir xil so’roqqa javob bo’lgan 
bunday so’zlar 
gapning uyushiq bo’laklari
deyiladi. Yuqorida keltirilgan misollarda 


435 
foydalanilgan ko’rgazmalilik o’rganilayotgan til hodisalarining belgilarini ajratishga 
qaratilgan, yaoni ko’rgazmalilikdan tushunchani taoriflashdan oldin foydalanilgan. 
Darsda foydalanish uchun ko’rgazma material tanlashda o’qituvchi qo’yilgan 
maqsadga ko’ra o’quvchilar nimani bilib olishlarini aniq ko’z oldiga keltirishi kerak. 
Bir ko’rgazma materialdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, 
predmet yoki uning rasmidan so’zning leksik ma`nosini tushuntirishda ham, 
grammatik tushunchani shakllantirishda ham foydalanish mumkin. O’quvchilarni 
sifatning nutqdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun o’qituvchi berilgan predmetni 
tasvirlash, uning belgilarini aytish vazifasini topshiradi. O’quvchilar har qanday 
predmetni tasvirlash uchun o’z nutqlarida sifatlardan foydalanadilar. Bu – tabiiy. 
O’qituvchi 
“Predmetni tasvirlashda siz qaysi so’zlardan foydalandingiz? Nima 
maqsadda?”
kabi savollar berib, bolalar diqqatini o’rganiladigan grammatik 
tushunchaning (bu o’rinda sifatning) belgilariga qaratadi. O’quvchilar predmetni 
tasvirlash uchun qaysi sifatlardan bir predmetni boshqasidan ajratish maqsadida 
foydalanganliklarini aytadilar. Bu misolda ko’rgazmali material nutqda grammatik 
tushuncha (sifat)ning rolini kuzatish maqsadida foydalaniladi va o’quvchilar aniq 
materialdan umumlashtirishga o’tadilar. 
Tushunchani shakllantirishni uchun jadval va chizmalardan keng foydalaniladi. 
Bu ko’rgazmalardan ko’proq tushuncha belgilari ajratilgandan so’ng 
mavhumlashgan belgilarni umumlashtirish, ular o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash 
maqsadida foydalaniladi. 
SHunday qilib, grammatik tushunchani o’zlashtirishga yordam beradigan 
asosiy metodik shartlar o’quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularni yangi 
bilim olish uchun qiziqtirish, o’quvchilarning nutqiy tajribasiga tayanish, 
bilimlarning tizimliligi, o’quvchilarda til birliklariga lingvistik munosabatni 
shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin