O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   416
Uchinchi bosqich
– asos, so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalarning 
xususiyatlari hamda tildagi ahamiyatini o’rganish metodikasi. Bu bosqichning o’quv 
vazifasiga “asos”, “so’z yasovchi qo’shimcha”, “shakl yasovchi qo’shimcha” 
tushunchalarini shakllantirish, so’zning leksik ma`nosi bilan morfemik tarkibi 
o’rtasidagi bog’lanish haqidagi tasavvurlarni o’stirish, asosda jufti bor jarangli va 
jarangsiz undoshli so’zlarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish, nutqda so’z 
yasovchi qo’shimchasi bor so’zlarni ongli ishlatish ko’nikmasini o’stirish kiradi. 
Bu bosqichning vazifasi bir-biri bilan ma`lum bog’lanishda hal qilinadi. 
Masalan, so’zda har bir morfemaning ahamiyatini o’zlashtirish asosida o’quvchilar 
so’zning leksik ma`nosi bilan uning morfemik tarkibi o’rtasidagi bog’lanishni bilib 
oladilar. Barcha vazifalar bilan uzviy bog’liq holda, so’zlarning morfemik tarkibini 
hisobga olib, ulardan nutqda mumkin qadar aniq
 
va ongli foydalanish vazifasi ham 
bajariladi. 
Asosni o’rganishning xususiyatlari. “
Asos” tushunchasini shakllantirishda 
o’quvchilar asos asosdosh so’zlarning umumiy qismi ekani va u barcha bir xil asosli 
so’zlarning ma`nosidagi umumiylikni o’z ichiga olishi bilan tanishtiriladi. 
Asosdosh so’zlarni tahlil qilish bilan o’quvchilar so’zning qaysi qismi shu
so’zlardan asosdosh so’zlar hosil qilayotganini tushuntirishga (bunda ular asosni 


451 
ajratadilar), qaysi qismi har xil ma`noli so’zlar hosil qilayotganini tushuntirishga 
(bunda ular so’z yasovchi qo’shimchalarni ajratadilar) o’rgatiladi. Bunday 
vazifalarni to’g’ri bajarish natijasida o’quvchilar asos va so’z yasovchi 
qo’shimchaning so’zning leksik ma`nosini hosil qilishdagi rolini elementar tarzda 
bo’lsa ham tushunadilar, shuningdek, asos asosdosh so’zlarga asos bo’ladigan qism 
ekanini bilib oladilar. 
Asos ustida ishlash bu bilan tugamaydi, balki boshqa morfemalarni maxsus 
o’rganishga ajratilgan darslar mazmuni bilan va keyinroq so’z turkumlari 
o’rganilganda
, so’z yasashga doir mashqlar bilan ham uzviy bog’lanadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin