464
nutqimizdagi o’rnini ko’rsatish muhim ahamiyatga ega. SHu maqsadda mavzuni
o’rganishga bag’ishlangan birinchi darslardayoq shaxs
va narsani bildiradigan
so’zlar bir tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o’simliklar
va hayvonlarni, tabiat
hodisalarini, voqealarni bildiradigan so’zlar guruhlarga ajratiladi. SHu so’zlarning
hammasi uchun umumiy bo’lgan belgilar aniqlanadi: bu so’zlar shaxs, narsalarni
bildirib
kim?
yoki
nima?
so’rog’iga javob bo’ladi.
Dasturga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilarini sifat va boshqa so’z
turkumlaridan yasalgan mavhum ma`nodagi (
yaxshilik, go’zallik, ishonch, sevinch,
o’kinch, qo’rqinch, tayanch
kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo
matnda uchrasa va o’quvchilar qiziqib so’rasalar, otning bolalar o’rgangan belgilari
asosida (
nima?
so’rog’iga javob bo’lishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi)
tushuntiriladi. Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko’rsatish uchun
o’qituvchi o’qish kitobidan matn tanlab, o’quvchilarga matndagi
otlarni topishni,
so’ngra matnni shu so’zlarsiz o’qishni topshiradi. O’quvchilar matndagi otlarni
tushirib qoldirib o’qiganda, matn mazmunini tushunib bo’lmasligini anglaydilar.
Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o’rab olgan shaxs va narsalarning nomi, bu
so’zlarsiz bir-birimizga o’z fikrimizni tushuntira olmaymiz.
Dostları ilə paylaş: