467
O’quvchilarga egalik qo’shimchalari haqidagi ko’nikmani shakllantirish uchun
matndan egalik qo’shimchasi bilan qo’llangan otni topish, uni tarkibiga ko’ra tahlil
qilib, egalik qo’shimchasining shaxs-sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib
qoldirilgan egalik qo’shimchasini qo’shish, narsa
qaysi shaxs yoki shaxslarga
qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Egalik qo’shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar
bilan turlanishini o’rganish jarayonida egalik qo’shimchasi bilan qo’llangan ot
qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan
(kitobning muqovasi, Rahimning
kitobi),
kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o’rganish
jarayonida
esa egalik qo’shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi
bilan bog’lanib, so’z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.
Otlarning turlanishi
. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik
otlarning gapda boshqa so’zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni
o’rgatishda o’quvchilarning gapda so’zlarning bog’lanishini
bilishlari nazarda
tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o’quvchilar gapda ma`no va grammatik
tomondan bog’langan so’zlarni (so’z birikmalarini) ajratishga o’rganganlaridan
so’ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so’zlarning bog’lanishi
ustida
ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o’quvchi ot gapda qaysi so’z bilan
bog’langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so’zlar bilan bog’langanda
qo’shimchalar bilan o’zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o’quvchilar
1-sinfdayoq, so’z shakllarining o’zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so’z
shakli nimaligini hali bilmaydilar. O’quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi (so’z
o’zgartuvchi) qo’shimchalar
bilan tanishadilar, bu qo’shimchalar gapda so’zlarni
bog’lash uchun xizmat qilishini tushunadilar.
4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik
shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozishga
o’rgatish hisoblanadi.
Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o’rganiladi:
1) otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish;
2) ko’plikdagi otlarning turlanishini o’rgatish;
468
3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o’rganish va u bilan bog’liq
holda kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqida ko’nikma hosil qilish.
Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi – turlanish haqida tushuncha
berish bilan o’quvchilarga kelishik qo’shimchalari gapda so’zlarni bog’lash uchun
xizmat qilishi, o’zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi, so’roqlari, qo’shimchalari
va joylashish tartibi tushuntiriladi.
O’quvchilar
turlanish bilan, kelishiklarning mohiyatidan kelib chiqib gapni
tahlil qilish
jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so’z
birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so’zlar bilan shakl
yasovchi qo’shimalar
(ning, -ni, -ga, -da, -dan)
yordamida bog’lanishini kuzatadilar,
bu qo’shimchalar kelishik qo’shimchalari ekanini, otlarning kelishik qo’shimchalari
bilan o’zgarishi
Dostları ilə paylaş: