466
o’ylab ko’rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi; o’quvchilar
qo’shimchaning ma`nosi haqiida fikr yuritadilar, ammo
kitobim
so’zining ma`nosiga
(mening kitobim –
kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib aytib
berolmaydilar. O’qituvchi qisqa tushuntiradi:
– Tilda uchta shaxs mavjud:
I shaxs – so’zlovchi
II shaxs – tinglovchi
III shaxs – o’zga
Hozir men sizga so’zlayapman, tushuntiryapman, demak, men – so’zlovchi,
hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga
qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) – o’zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va
ko’plik sonda qo’llanishini bilasiz. Ma`lumki, biror narsa bir shaxsga yoki ikki va
undan ortiq shaxsga tegishli bo’lishi mumkin. Mana shu ma`nolarni, yaoni biror
shaxs va narsaning birlik yoki ko’plikdagi uch shaxsdan biriga qarashli ekanini otga
qo’shilgan egalik qo’shimchalari bildiradi. Masalan,
kitobim
so’ziga qo’shilgan -
im qo’shimchasi kitobning I shaxsga taalluqli ekanini, yaoni kitobniig egasi I shaxs
ekanini bildiradi
(
-ing, -i
qo’shimchalari ham shunday tushuntiriladi).
Kitobimiz
so’zidagi -imiz qo’shimchasi kitob so’zlovchi shaxsga, shu bilan birga, ko’p shaxsga
(ko’p so’zlovchigA.tegishli ekanini bildiradi
(
-ingiz, -i qo’
shimchalari ham shunday
tushuntiriladi). Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qo’shilgan mana shunday
qo’shimchalar
Dostları ilə paylaş: