O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   416
Otlarda son bilan tanishtirish
. 3-sinfda “Otlarda son”, yaoni otlarning birlik 
va ko’plikda qo’llanishi ustida ishlash jarayonida o’quvchilarda: 1) birlik va 
ko’plikda qo’llangan otlarning ma`nosi va qo’shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi 
otdan ko’plik shaklidagi va, aksincha, ko’plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil 
qilish, 3) gapda so’zlarning bog’lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda 
to’g’ri foydalana olish ko’nikmalari shakllantiriladi. 
Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi taqqoslash usulidan foydalanib 
tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni 
bildirgan otlar taqqoslanadi: 
daftar – daftarlar, qalam – qalamlar, nok – noklar 
kabi. 
Suhbat asosida 
daftar 
so’zi nechta (bittA.predmetni va 
daftarlar 
so’zi nechta (ikki 
va undan ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so’zlar bilan ham shunday 
ishlanadi. Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar umumlashtiriladi: 
agar otlar bir 
predmetni bildirsa, birlikda qo’llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs yoki narsani 


465 
bildirsa, ko’plikda qo’llanadi. Ko’plikdagi otni yasash uchun birlikdagi otga –lar 
qo’shimchasi qo’shiladi. Birlikdagi otlar 
kim?
 yoki 
nima?
 so’rog’iga, ko’plikdagi 
otlar esa 
kimlar?
 yoki 
nimalar?
 so’rog’iga javob bo’ladi.
Bu sinf o’quvchilariga faqat birlikda qo’llanadigan otlar, birlik shaklida 
qo’llangan 
armiya, qo’shin, xalq 
kabi otlar ko’plik ma`nosini bildirishi, bunday 
otlarga ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda anglatadigan ma`nosi maxsus 
tushuntirilmaydi. Agar o’quvchilar bu haqda savol bersalar, soddagina shaklda 
tushuntirish mumkin. 
Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishini kuzatish aslida so’z shakli ustida 
ishlashning boshlang’ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o’quvchilar otlarni ko’plik 
qo’shimchasi bilan o’zgartirish, yaoni otga shakl yasovchi qo’shimcha qo’shish
bilan so’zning leksik ma`nosi o’zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin