O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   416
Ikkinchi bosqich
da asosan ikki vazifa: “sifat” tushunchasini shakllantirish 
hamda o’quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash 
uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o’rinli foydalanish ko’nikmasini o’stirish 
hal qilinadi. 
“Sifat” tushunchasini shakllantirish o’quvchilarning “predmet belgisi” degan 
umumlashtirilgan kategoriyani o’zlashtirish darajasiga bevosita bog’liq. SHu 
maqsadda rang, maza, shakl-hajm, xil-xususiyat bildiradigan so’zlar guruhlanadi va 
shu so’zlarning xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma`nosi bilan birga 


477 
uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning 
xususiyatlarini umumlashtirish asosida o’quvchilar uning so’z turkumi sifatidagi 
o’ziga xos ko’rsatkichlarini ajratadilar: A.predmet belgisini bildiradi, b) 
qanday?
yoki 
qanaqa? 
so’rog’iga javob bo’ladi, v) gapda otga bog’lanib, shu ot bilan so’z 
birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi. 
Bu sinfda og’zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog’i yoki parkka ekskursiya 
vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish 
kabilar)ga katta o’rin beriladi. 
O’quvchilarning sifatning leksik ma`nosi haqidagi tushunchalarini 
chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o’stirish uchun: 
1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar 
tanlash va yozish: 
Qanday
shaftoli? 
SHirin, suvli, tuksiz shaftoli.
Qanday
kitob? 
Qalin, qizil kitob;
2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: 
Tikanli, kichkina, foydali
... (tipratikan). 
Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi
... (tulki); 3) 
predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini ayting kabi mashqlardan 
foydalanish mumkin. 
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o’rnini puxta 
o’zlashtirishga erishish uchun ma`nodosh va zid ma`noli sifatlar ustida ishlash, 
o’qish darslarida sifatning o’z va ko’chma ma`noda ishlatilishini kuzatish maqsadga 
muvofiq. Sifatni o’rganish jarayonida so’z yasashga oid mashqlarni muntazam 
o’tkazib borish o’quvchilarda u yoki bu so’z turkumini yasash uchun so’z yasovchi 
qo’shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin