478
sifatlar yoki so’z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq
materialini tanlashda
-roq
qo’shimchasi bilan qo’llangan
yaxshiroq, aqlliroq
kabi,
shuningdek,
tip-tiniq, sap-sariq
kabi sifatlar ko’proq bo’lishiga eotibor beriladi.
O’quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin, mashq topshiriqlari ham asta-sekin
murakkablashtira boriladi. SHunday qilib, sifatni o’zlashtirishda uni ot bilan o’zaro
bog’liq holda o’rganishga asoslaniladi.
Rang bildiruvchi sifatlar ustida ishlash
Nutqimizdagi so’z boyligimizning katta qismi atrofimizdagi narsa va
hodisalar,
harakat-holatlarning, belgi-xususiyatlarning nomi sifatida vujudga
kelgan. Bola maktabga kelgan kunidan boshlab, ta`lim jarayonida tilning lug’aviy
birliklarini o’zlashtirib boradi. O’quvchi lug’atining boyishiga,
birinchi navbatda,
uni o’rab olgan muhit, o’qish faoliyati, kattalar va tengdoshlari bilan bo’lgan
muloqot katta ta`sir ko’rsatadi.
Boshlang’ich sinfda
ona tilidan nazariy bilimlar, o’quvchilarni o’qishga
o’rgatish badiiy matnlar tahlili asosida amalga oshiriladi. SHuning uchun ham badiiy
asar matnlari o’quvchilar lug’atini boyitishda va nutqini o’stirishda eng asosiy
manba sanaladi
Boshlang’ich sinf ona tili ta`limida,
jumladan, o’qish darslarida ham lug’at
ustida ishlash uchun maxsus dars ajratilmaydi. Ona tili va o’qish darslarida lug’at
ustidagi ishlar o’rgatilayotgan mavzular va o’quv materiallari bilan bog’liq holda
olib boriladi. O’quvchilar ma`nosini bilmaydigan yoki aniq anglamaydigan so’zlar
barcha so’z turkumlari doirasida uchraydi. Ularning ma`nosi biror usullar yordamida
o’quvchilarga yetkazilishi lozim. Aks holda o’quvchilarning nutqi bora-bora
qashshoqlashib boraveradi.
O’quvchilarni o’z fikrini aniq va ta`sirchan ifodalashga o’rgatishda
belgi
bildirgan so’zlar - sifatlar alohida o’rin tutadi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida
sifatning rang, shakl, maza, hajm, xususiyat bildiruvchi ma`no turlari o’rganiladi.
Biz mazkur maqolamizda rang bildiruvchi so’zlar ustida ishlash orqali o’quvchilar
479
lug’atini boyitish yuzasidan olib borgan tajribalarimiz bilan o’rtoqlashishni maqsad
qilib oldik.
Bir qaraganda rang bildiruvchi sifatlardan o’quvchilar bemalol va kerakli o’rinda
foydalanadigandek ko’rinadi. Aslida esa boshlang’ich sinf ona tili va o’qish
darsliklarida uchragan rang bildiruvchi sifatlarning badiiy nutqda qo’llanadigan
turlaridan o’quvchilar nutqda foydalanmayaptilar. CHunki rang bildiruvchi
sifatlarning ma`nosini – qanday rangni bildishini o’rgatishga eotibor berilmaydi.
SHu sababli o’quvchilar ko’p hollarda ayrim so’zlarning ot yoki sifat ekanini
farqlamaydilar.
Vaholonki, boshlang’ich sinf “Ona tili“ va “O’qish kitobi“
darsliklarida
o’quvchilar ma`nosini farqlamaydigan rang bildiruvchi sifatlar talaygina. Masalan,
darsliklaridagi badiiy matnlarda
Dostları ilə paylaş: