O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   416
2-bosqich
2-sinfga to’g’ri keladi. Bu bosqichda asosan ikki vazifa bajariladi:
1. 
Nechta?, qancha?
so’roqlariga javob bo’lib, shaxs va narsalarning sanog’ini: 
nechanchi?
so’rog’iga javob bo’lib, shaxs va narsalar tartibini bildirgan so’zlar 
haqida elementar nazariy tushunchani shakllantirish; 
2. Sonlarga so’roq bera olish, ularning nimani bildirishini ayta olish, ulardan 
foydalanib o’z fikrini aniq ifodalash, mazmunga mos holda sonlarni o’rinli qo’llash 
(
o’nta o’quvchi, o’ntacha o’quvchi
kabi) ko’nikmasini o’stirish, lug’atlardan 
foydalana olish qobiliyatini shakllantirish. 
Bu bilim va ko’nikmalar mashqlar bajarish bilan mustahkamlab boriladi. 
Dastlabki mashqlar tayyor materialdan sonni aniqlashga va izohlashga qaratiladi
keyingi mashqlar esa fikrni va izlanishni talab etadi. Mashqlar muayyan izchillikda 
bir tizimni tashkil etishi lozim: 
1. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarga 
nechta?, qancha?
so’roqlaridan birini bering, 
shu so’z nimani bildirayotganini ayting. 


488 
2. Ajratib ko’rsatilgan so’zga so’roq bering, nimani bildirishini ayting. 
3. Sanoq (yoki tartib) bildirgan so’zlarni nechta?, qancha? (nechanchi?) 
so’roqlari yordamida aniqlang. 
4. Sanoq bildirgan so’zlarni so’roqlar yordamida aniqlang. 
5. Nuqtalar o’rniga so’roqlarga mos so’z qo’yib o’qing. 
6. Rasm asosida (matnni qayta hikoyalash asosidA.bog’lanishli nutq tuzing. 
Unda sanoq, tartib bildiruvchi so’zlardan foydalaning. 
Mashqda qo’llanilgan sonlarning talaffuzi, imlosi va ma`nosi ustida ishlanadi. 
Ko’rinib turibdiki, mashq shartlari soddadan murakkabga tamoyiliga asoslangan. 
3-bosqich
da (3-sinf) “Son” tushunchasini shakllantirish hamda o’quvchilar 
nutqini yangi sonlar bilan boyitib borish, fikrini aniq ifodalash uchun gap va matn 
mazmuniga mos sonlar tanlash, ularni o’rinli qo’llash ko’nikmasi o’stiriladi. 
“Son” tushunchasini shakllantirish o’quvchilarning shaxs va narsalarning 
sanog’ini, tartibini bildirgan so’zlar kategoriyalarini o’zlashtirish sifatiga bog’liq. 
O’quvchilar bilimini yetarli darajaga keltirish maqsadida sonlar ishtirok etgan 
gaplar asosida kuzatish, aniqlash, guruhlash va umumlashtirish faoliyati ishga 
solinadi. Masalan: 
“Maorifat xonasiga o’quvchilar keldilar. Ikkita o’quvchi 2-sinfda 
o’qiydi. 4 ta o’quvchi 3-sinfda o’qiydi”.
O’quvchilar o’qituvchining topshirig’i asosida 
ikkita
(nechta?), 
to’rtta
(nechta?) so’zlari sanoq, 
ikkinchi, uchinchi
(nechanchi?) so’zlari tartib. 
bildirayotganini aniqlaydilar va ularni guruhlaydilar (sanoq bildiruvchi so’zlar, 
tartib bildiruvchi so’zlar). SHuning ichida umumlashtirish ham amalga oshiriladi. 
Sonning leksik ma`nolari bilan uning grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi: 
narsa, shaxs bildirgan so’zlarga bog’lanib keladi, tartib bildirgan so’z 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin