484
Rang bildiruvchi sifatlar doirasida antonimik
va omonimik hodisalar ham
mavjud. O’quvchilar bu hodisalar doirasida sifatlar ifodalayotgan ma`no
izohlanmasa, gap mazmunini noto’g’ri tushunishlariga olib keladi. Masalan:
Bizda yashab, qolmay armoni,
Uchib o’tar turna karvoni.
Eru
ko’kni
qoplab suroni
Xush qol, kuz!
(Yu. SHomansur. “O’qish kitobi“. 3-sinf. 49-bet.)
–
Ko’k
maysalar yer ko’ksini yorib chiqadi.
SHe’riy parchada
“ko’k“
osmon ma`nosini, 2-gapda
“ko’k“
rang ma`nosini
bildirgan ikkita so’z.. Bu sifatlar o’zaro omonim.
Oqmi, qora
non bo’lsin,
Mayli eski, qotganmi?
Vaqti kelsa topilmas,
Uning yerda yotgani.
(T.Yo’ldosh. . “O’qish kitobi“. 3-sinf. 161-bet.)
SHe’riy misrada “oq va qora“ rang bildiruvchi sifatlar o’zaro antonim.Bu sifatlar
o’z ma`nosida antonim bo’lganidek, ko’chma ma`nolarida ham o’zaro antonim bo’la
oladi. Masalan:
Qora
niyatli kimsalar maqsadlariga yeta olmaydilar.
Darsliklarda otlarning ko’chma ma`noda qo’llanib, rang ma`nosini
bildirgan
holatlari ham uchraydi. Bunday so’zlar ustida ishlash ularning ma`nosini to’g’ri
tushunishlarini taominlaydi.
Ko’ylagingga juda ko’p,
Zar
tugmalar taqilgan. (E.Vohidov. “O’qish kitobi“. 3-sinf. 90-bet.)
“Zar“
- “oltin“ narsa nomi; “oltin yoki kumush bilan qoplangan ipak“, “bezak va
o’rov uchun ishlatiladigan yupqa metal varag’i“ ma`nosini bildiradi. SHe’rdagi
“zar“ so’zi “sariq va oq rang“ ma`nosini bildiryapti.
“Ona yurtini omon bo’lsa,
Rangi-ro’ying
Dostları ilə paylaş: