O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


somon  bo’lmas“ maqolida  “somon“



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   416
somon 
bo’lmas“ maqolida 
“somon“
so’zi ot, bug’doy, arpa, 
sholi yanchilganda poyalarining maydalanishidan hosil bo’ladigan mahsulot somon 


485 
deyiladi. Somonning rangi sariq bo’lgani uchun maqolda ko’chma ma`noda – “sariq 
rang“ ma`nosida qo’llangan.
Otlar 
–day, -dek
qo’shimchalarini olib, rang ma`nosida qo’llangan, rang 
o’xshatish yo’li bilan ifodalagan: 
Baland ishkomlarga o’rmalab chiqqan husayni, charos va boshqa xil tok 
navdalarida katta-katta uzum boshlari 
oltinday 
tovlanar edi. (N. Maqsudiy. “O’qish 
kitobi“. 3-sinf. 55-bet.) 
“Oltinday“ so’zi “sariq, sap-sariq“ ma`nosida qo’llangan. 
SHinelning yengida poxol ham borday
Bobomning yuzlari oqargan 
qorday.
SHe’rda “qorday“ so’zi “oppoq“ ma`nosida qo’llagan.
O’zbek tilining rang bildiruvchi so’zlarga boyligi boshlang’ich sinf ona tili va 
o’qish darsliklarida qo’llangan holatidan ham ma`lum. Rang bildiruvchi so’zlar 
ustida olib borilgan lug’aviy ishlar o’quvchilarning mavzuga doir bilimlarini 
mustahkamlash, kengaytirish bilan birga, lug’at zahirasini boyitishga xizmat qiladi. 
Ular ustida leksik mashqlarni maqsadga muvofiq tashkil etish o’qituvchidan ijodiy 
izlanishni talab etadi.
 
SONNI O’RGANISH METODIKASI 
Sonni o’rganish tizimi ham son haqidagi materialni leksik va grammatik 
tomondan sinfdan-sinfga o’tgan sayin boyitib, murakkablashtirib borishni nazarda 
tutadi. 
Boshlang’ich ta`limda son uch yo’nalishda o’rganiladi: 
1. Sonlarning talaffuzi va ma`nosi ustida ishlash. 
2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash. 
3. Sonlarning imlosi ustida ishlash. 
Son boshlang’ich sinflarda quyidagi izchillikda o’rganiladi: 
– 2-sinfda nechta?, qancha? so’roqlariga javob bo’lib, shaxs va narsaning 
sanog’ini, nechanchi? so’rog’iga javob bo’lib, shaxs va narsaning tartibini bildirishi; 


486 
– 3-sinfda “Son – so’z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O’quvchilarda son 
predmetning miqdorini bildirishini otga bog’lanib kelishi yordamida aniqlash 
ko’nikmasi o’stiriladi. Bularni o’rganishda sonning leksik xususiyatlariga 
asoslaniladi. Sonning leksik ma`nosi uni ot bilan bog’liq holda o’rganishni taqozo 
etadi. 
– 4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari 
bilan yozilishi, qo’sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning 
(ikkov, o’ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so’m, 
tiyin so’zlari bilan qo’llanishi va shu so’z bilan bitta so’roqqa javob bo’lishi 
o’rganiladi. Oldingi sonlarning otga bog’lanishi, so’roqlar yordamida sonni o’zi 
bog’langan so’z bilan ko’chirish ko’nikmalari o’stiriladi. 
SHunday qilib, sonning leksik-semantik va grammatik xususiyati uni leksik va 
grammatik aspektda o’rganishni taqozo etadi. Son grammatika va imlo o’qitishdagi 
suhbat metodida, yarim izlanishli muammoli metodda, analitik (tahlil), sintetik 
(tarkib), induktiv metodlarda o’rganiladi. Bu metodlar son yuzasidan beriladigan 
tushunchalarning mohiyatiga, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga bog’liq holda 
tanlanadi. Agar o’quvchi son haqida ma`lum darajada bilimga ega bo’lsa, yarim 
izlanishli muammoli metod yoki suhbat metodidan; agar bola son haqida umuman 
tushunchaga ega bo’lmasa, induktiv va analiz metodlaridan foydalaniladi.
“Son” ustida ishlash dastur talabiga ko’ra 1-sinfdan boshlansa ham, uni 
o’rganish jarayoni, metodik jihatdan 4 bosqichga bo’linadi. “Son” boshlang’ich 
ta`limda elementar nazariy tushunchalar asosida amaliy o’rganiladi. Lekin 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin