O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   416
(birinchi bosqich) 
sifatning leksik 
ma`nosi va so’roqlari ustida kuzatish o’tkazishdan boshlanadi. Predmetning 
belgilari xilma-xil bo’lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan 
tavsiflaydi. SHunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning 
ma`nolarini aniqlash talab etiladi. O’qituvchi predmetni yoki uning rasmini 
ko’rsatadi, o’quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, 
(qanday?)


476 
olma – 
qizil, shirin, yumaloq olma;
(qanday?)
ip – 
uzun, ko’k ip. 
Albatta, suhbat 
asosida o’quvchilar olma, ip so’zlari 
nima?
so’rog’iga javob bo’lib, predmet nomini 
bildirishi, 
qizil, shirin, yumaloq
kabi so’zlar 
qanday?
so’rog’iga javob bo’lib, 
predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar. O’qituvchi 
atrofimizni o’rab olgan predmetlarning o’z belgilari borligini, ular bir-biridan shu 
belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (
Qanday
daraxt? – 
Katta, chiroyli, sershox, ko’m-ko’k daraxt

Qanaqa
shkaf? – 
Oynali, baland shkaf).
Xulosa chiqariladi: 
qanday?, qanaqa?
so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar predmet 
belgisini bildiradi. 
O’quvchilar belgi bildirgan bunday so’zlarning nutqimizdagi ahamiyatini 
anglashlari uchun sifat ko’p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib 
qoldirib, so’ngra sifatlari bilan o’qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko’rsatiladi. 
Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so’zlardan 
foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko’rgazma vositalar (predmetlar, 
predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi. 
O’quvchilar 
qanday?, qanaqa?
so’roqlariga javob bo’lgan (predmet belgisini 
bildirgan) so’zlarni o’zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali 
hisoblanadi: 1) so’roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so’zlarni tanlash; 
2) aralash berilgan so’zlardan gap tuzish; 3) matndan 
kim?
yoki 
nima?
so’rog’iga 
javob bo’lgan so’zni va unga bog’langan 
qanday? 
va
qanaqa?
so’rog’iga javob 
bo’lgan so’zni tanlab (so’z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so’zlar va 
rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin