469
kelishiklar bilan turlanishi
jadvalidan foydalanib, shu otlarni ko’plikda turlaydilar
va ko’plik qo’shimchasi doim kelishik qo’shimchasidan oldin qo’shilishini,
so’roqlarini bilib oladilar.
Har bir kelishikni alohida o’rganishnipg vazifasi kelishikni o’rganish bilan
bog’liq holda kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqidagi malakani shakllantirish
va o’quvchilarning kelishiklar bilan turlangan otlardan
ongli foydalanishlariga
erishish hisoblanadi.
Kelishiklarni bilib olish maqsadida so’roqlardan foydalaniladi. Buning uchun
o’quvchilar, birinchidan, so’roqni otning yakka o’ziga emas, balki gapda ot ma`no
tomondan bog’langan so’zdan shu otga berishni o’rganishlari, ikkinchidan,
kelishiklarning so’roqlarini yaxshi bilishlari zarur. Kelishiklarni o’zlashtirishda
gapning asosini aniqlagach, gapda o’zaro bog’langan so’zlarni (so’z birikmalarini)
belgilash, ot bog’langan so’zni topish, so’roq berib, qaysi kelishik bilan turlanganini,
birlik yoki ko’plikda qo’llanganini aniqlash izchilligida ishni uyushtirish maqsadga
muvofiq (Masalan,
Alisher Nodirni kinoga taklif qildi
. Gap
Alisher
haqida aytilgan.
(Kim?)
Alisher
– ega (bosh kelishikda, birlik);
Alisher
(nima qildi?) –
taklif qildi
–
kesim;
taklif qildi
(kimni?) –
Nodirni
(ot,
tushum kelishigida, birlik);
taklif qildi
(nimaga? yoki qaerga?) –
kinoga
(ot, jo’nalish kelishigida, birlik).
Kelishiklarning xususiyatlarini o’rganishga qulaylik yaratish uchun har bir
kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o’rganish maqsadga muvofiq:
1. Kelishikning grammatik ma`nosi.
2. So’roqlari.
3. Qo’shimchasi.
4. Gapdagi vazifasi.
Kelishiklarni shu tarzda o’rganish ularni o’zaro taqqoslashni yengillashtiradi
va ongli o’zlashtirishni taominlaydi.
Bir kelishik o’zining muhim belgilari (ma`nosi, so’rog’i, qo’shimchasi,
sintaktik vazifasi) bilan boshqa kelshiklardan farqlanadi. Muayyan bir kelishikdagi
otdan ongli foydalanish va kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozish uchun
o’quvchilar kelishiklarning muhim belgilarini puxta o’zlashtirishi
talab etiladi,
470
shuning uchun ham kelishiklarning muhim belgilarini o’zlashtirib, bir kelishikni
ikkinchisidan farqlash ko’nikmasini shakllantirishga katta o’rin beriladi.
Bosh kelishikning xususnyatlarini o’rganish bilan otning kelishik qo’shimchasi
yo’q holati bosh kelishik ekani, bosh kelishikdagi ot boshqa so’zni o’ziga tobe
qilishi,
Dostları ilə paylaş: