461
vazifasida
keladi
vazifasida
keladi
bilan
qo’llanadi
5.Kelishiklar
bilan turlanadi
5. Sifatlar
yasaladi
5. Sonlar
yasalmaydi
5. Ular gapda
bosh va
ikkinchi
darajali
bo’laklar
vazifasida
keladi
5. Uch
zamonni
bildiradi
6. Gapda ega
yoki ikkinchi
darajali bo’lak
vazifasida
keladi
6. Olmoshlar
yasalmaydi
6. Gapda
kesim
vazifasida
keladi
7. Otlar
yasaladi
7. Fe’llar
yasaladi
OTNI O’RGANISH METODIKASI
“Ot” mavzusini o’rganish tizimi maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib,
bunda shu so’z turkumining umumlashtirilgan ma`nosi va grammatik belgilari aniq
izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog’liqlikda o’rganiladi, shuningdek,
otdan nutqda to’g’ri foydalanish va to’g’ri yozish malakasini shakllantirish
maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Til hodisasi
sifatida otning xususiyatlari, uni o’rganish vazifalari,
o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda,
har bir sinf uchun
material hajmi, ularni o’rganish izchilligi belgilangan.
Boshlang’ich sinflarda otni o’rganish vazifalari quyidagilar:
1) “ot” haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
462
2)
kim?
so’rog’iga javob bo’lgan (shaxs bildirgan) otlardan
nima?
so’rog’iga
javob bo’lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash
ko’nikmasini hosil qilish;
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo’yilgan nomlar
va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko’nikmasini shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko’plikda qo’llanishi) bilan tanishtirish;
5) otlarni egalik qo’shimchalari bilan to’g’ri qo’llash ko’nikmasini
shakllantirish;
6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo’shimchalarining yozilishi
haqida
malaka hosil qilish;
7) o’quvchilar lug’atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o’rinli
foydalanish malakasini o’stirish;
8) so’zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o’zaro bog’liq holda
hal etiladi. SHu bilan birga, “Ot” mavzusini o’rganishning muayyan bosqichida
bajarish lozim bo’lgan bir vazifani hal qilishga ko’proq ahamiyat beriladi. Masalan,
I-II sinflarda so’z turkumi sifatida otning belgilari (nimani
bildirishi, so’roqlari)
o’rganiladi, III sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko’plikda qo’llanishini
o’zlashtirishga ahamiyat beriladi. IV sinfda otning egalik qo’shimchalari bilan
qo’llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo’shimchalarining
yozilishini
o’rganishga eotibor qaratiladi. O’quvchilarning nutqi va tafakkurini o’stirish
vazifasi esa mavzuni o’rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik
materialni o’rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni
o’quvchilar lug’atini boyitishga, bog’lanishli
nutq malakalari va fikrlash
qobiliyatlarini o’stirishga qaratiladi.
So’z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma`nolari va grammatik belgilari bilan
ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma`nosi shaxs va narsani ifodalash
hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar
(kishi, qush, hayvon, asalari), ye
r va osmonga oid
narsalar
(quyosh, yulduz, daryo, tog’),
o’simliklar
(paxta, beda, gul),
voqealar
(yig’in, majlis),
tabiat hodisalari
(shamol, bo’ron,
yomg’ir, momaqaldiroq),
belgi-
463
xususiyat
(ahillik, kuchlilik, samimiyat),
harakat-holat
(uyqu, sevinch, kurash),
o’rin
va vaqt
(yoz, bahor, joy)
nomlarini bildiradi.
Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko’plikda qo’llanadi, egalik
qo’shimchalari bilan o’zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko’proq ega,
ikkinchi darajali bo`lak vazifasida keladi. Otning nutqda ot va fe’l bilan birikishi
o`rgatiladi.
Otning ma`nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham
ot haqidagi bilim o’quvchilarda amaliy vazifalarni
bajarish jarayonida asta
shakllantira boriladi.
Dostları ilə paylaş: