455
morfemik tarkibining o’zaro bog’liqigiga va biror so’z turkumiga xarakterli bo’lgan
so’z yasalishi usuliga asoslaniladi.
Bunday mashq turlaridan namunalar:
1. Asosdosh so’zlari bo’lgan matnni leksik – so’z yasalishi tomonidan tahlil
qilish. Masalan, quyidagi kabi matn diktovka bilan yozdiriladi:
Hovlimizda gulzor bor. Gulzorga har xil gul ekilgan. Ularni gulchi akam
parvarish qiladi. Gullar chamandek ochiladi.
O’qituvchi rahbarligida bir asosdosh so’zdan boshqasi qanday morfema
yordamida yasalgani, u qaysi so’z turkumiga kirishi, qanday ma`no bildirishi
aniqlanadi.
2. Leksik ma`nosi keng tushuntirilgan so’zni asosdosh so’z bilan almashtirish.
Topshiriq.
Ajratib ko’rsatilgan so’zga asosdosh bo’lgan bir so’z toping. Uning
qaysi so’z turkumiga kirishini ayting va uni
so’z tarkibiga ko’ra tahlil qiling.
Dostları ilə paylaş: