O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   416
ishchi, suvchi, gulchi
 so’zlarini taqqoslash, ma`nosiga ko’ra 
o’xshash tomonini belgilash 
(biror ishni, vazifani bajaradigan kishini – shaxsni 
bildiradi), 
so’zning qaysi qismi bajaruvchi shaxs ma`nosini bildirayotganligini 
aniqlash 
(so’z yasovchi qo’shimcha
 
-chi
).
 
Uchinchi guruh mashqlar
ga matnni leksik-grammatik va leksik-stilistik tahlil 
qilishga oid vazifalar kiradi. Masalan, matndan asosdosh so’zlarni topish, ularning 
ma`nosidagi farqni aytish, bu farq so’zning qaysi qismi yordamida berilayotganini 
aniqlash; berilgan so’zlardan namunadagidek gap tuzish (masalan, 
Soatsoz soatni 
tuzatdi. Traktorchi yerni traktor bilan haydaydi); 
asosdosh so’zlarni aniqlash va 
tarkibiga ko’ra tahlil qilish va h.k. 
Shakl yasovchi qo’shimchalarni o’rganish xususiyatlari. 
Har bir 
morfemaning lingvistik mohiyatida o’ziga xoslik bo’lib, uni o’rganish metodikasi 
ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. SHakl yasovchi qo’shimchada grammatik vazifa 
yetakchi hisoblanadi, bu bilan u so’z yasovchi qo’shimchadan farqlanadi.
Shakl yasovchi qo’shimcha so’zning grammatik ma`nosini ifodalovchi vosita 
hisoblanadi. O’quvchilar so’zning grammatik ma`nosini bilmay turib shakl
yasovchi qo’shimchaning vazifasini ham
anglab yetmaydilar. Bundan tashqari, shakl 
yasovchi qo’shimcha bir necha ma`no ifodalaydi (masalan, 
kitobni o’qidim 
so’z 
birikmasidagi 
-m 
I shaxs birlik ma`nosini bildiradi).
Shakl yasovchi qo’shimchani o’rgatishda uning mana shu xususiyatlari hisobga
olinadi, boshlang’ich sinf o’quvchilari uning ikki belgisi bilan (so’z shaklini
o’zgartirishi va gapda so’zlarni bir-biriga bog’lashi bilan) amaliy tanishtiriladi. 
O’quvchilar otlarda birlik va ko’plik, bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar, otlarning egalik 
va kelishik qo’shimchalari bilan o’zgarishi, kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan 


453 
turlanishi, fe’llarda shaxs-son, zamonni (IV sinf) o’rganishlari bilan bog’liq holda 
ularning shakl yasovchi qo’shimcha haqidagi bilimlari asta-sekin chuqurlashtirila 
boriladi. 
O’quvchilarda gapda so’zlar shakl yasovchi qo’shimcha yordamida bog’lanishi 
haqidagi dastlabki tasavvur mashqlarni bajarish jarayonida hosil qilinadi. Masalan, 
gapning mazmuniga mos ravishda ajratib berilgan so’zning shaklini so’roqlardan 
foydalanib o’zgartirish va u so’z gapdagi qaysi so’z bilan bog’langanini aniqlash 
so’raladi: 
O’quvchi 
(nimani?) 
kitob... sevadi. U
(nimadan?) 
kitob... yaxshi 
foydalanadi? 
O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida 
“So’zning shaklini nima uchun 
o’zgartirishga to’g’ri keldi? So’z shaklini o’zgartirish bilan nimaga erishildi?” 
savollariga javob beradilar. 
 
O’quvchilar shakl yasovchi qo’shimchalarning sintaktik vazifasini gapda
so’zlarning bog’lanishi va so’z birikmasini o’zlashtirish jarayonida o’zlashtiradilar. 
O’quvchilarning so’zlarning bog’lanishi haqidagi bilimi elementar xarakterda bo’lsa 
ham, ularning so’z birikmasidagi so’zlar ma`no va grammatik jihatdan shakl 
yasovchi qo’shimchalar yordamida bog’lanishini tushunishiga erishiladi. 
O’quvchilar ot va kishilik olmoshlarining kelishik qo’shimchalari bilan turlanishini 
o’rganganlaridan so’ng gapda ma`no va grammatik jihatdan o’zaro bog’langan 
so’zlarni ajrata olish va nimalar yordamida bog’langanini tushuntirish 
ko’nikmalariga ega bo’lishlari mumkin, so’ngra shakl yasovchi qo’shimchalarning 
sintaktik vazifasini o’zlashtira boshlaydilar. 
O’quvchilar har bir morfemaning vazifasini boshqa morfemalar bilan qiyoslab 
ko’rsatish talab qilingan vazifani bajarish jarayonida shakl yasovchi qo’shimchaning 
o’ziga xos xususiyatini yaxshi o’zlashtiradilar. Masalan, asosdosh so’zlar tanlash 
vazifasini bajarish davomida so’z yasash uchun qanday morfemalardan 
foydalanilgani, so’z yasovchi qo’shimcha tufayli so’zning ma`nosi qanday 
o’zgargani aniqlanadi. SHundan so’ng o’quvchilarga “Otni shunday o’zgartiringki, 
u birlikni emas, ko’plikni bildirsin” topshirig’i beriladi. Bolalar bu vazifani bajarib, 
otga shakl yasovchi ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda, so’zning leksik ma`nosi 
o’zgarmaganini, faqat shakli o’zgarganini, ko’plik bildirganini aytadilar. So’z 


454 
yasovchi qo’shimcha bilan shakl yasovchi qo’shimchalarni taqqoslash orqali 
o’quvchilar shakl yasovchi qo’shimchaning so’z shaklini o’zgartirishdagi o’rnini 
yaqqol ko’radilar. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin