456
Bu vazifalar o’quvchilardan so’z yasalishi xususiyatlariga, so’zlarning
morfemik tarkibiga eotibor berishni talab etadi va so’zning morfemik tarkibi shu
so’zning
muayyan
bir so’z turkumiga
oid ekani bilan bog’liqligini aniqlashga
qaratiladi. Boshlang’ich sinflarda u yoki bu so’z turkumining yasalishini kuzatish
propedevtik xarakterda bo’ladi, uning natijasi mashqning mavzuni o’zlashtirish
maqsadiga
qaratilishi, darsda faol va individual ishlarni to’g’ri uyushtirish,
foydalanilgan
leksik
materialning
o’quvchilar saviyasiga mosligi va
ko’rgazmalilikka bog’liq.
O’qituvchi o’quvchilarning biror morfemani qay darajada o’zlashtirganini
ularning morfemik tarkibi bolalar saviyasiga mos so’zlardagi morfemalarni ajratish
ko’nikmasiga, asos va shakl yasovchi qo’shimchadan yo asos va so’z yasovchidan,
yoki asos, so’z yasovchi va shakl yasovchidan tuzilgan so’zlarni
mustaqil tanlay
bilishiga, so’zdagi morfemalarning rolini so’z bilan tushuntirish ko’nikmasiga,
gapda so’z yasovchi qo’shimchali so’zlarni to’g’ri ishlatish ko’nikmasiga qarab
aniqlaydi.
Quyidagicha savol va topshiriqlarni bajarish asosida o’quvchilar so’zning
morfemik tarkibini qanday o’zlashtirganini aniqlash mumkin:
I. Savollarga javob berish:
1. So’zda qaysi qism eng asosiy hisoblanadi? Nima uchun?
2. So’z yasovchi qo’shimcha qanday vazifani bajaradi? Misol bilan
isbotlang.
3. So’zda shakl yasovchi qo’shimcha nima uchun xizmat qiladi? Isbotlang.
II. Ikki so’zning ma`nosi va tarkibini taqqoslash. Buning uchun o’quvchilar
asos va so’z yasovchi qo’shimchalarning semantik
ahamiyatini qanchalik
tushunganini aniqlashga imkon beradigan so’zlar tanlanadi
(ishladi
va
boshladi,
paxtakor
va
paxtazor).
III. So’zlarni taqqoslab, asosdosh yoki asosdosh
emasligini isbotlash
(tuz,
tuzdon, tuzli, tuzsiz, tuzladi)
.
Qaysi qism ularni asosdosh qilyapti? Qaysi qism har
xil ma`noli so’z hosil qilyapti?
kabi savollarga javob berish.
457
IV.
Bog’bon, o’roq, bog’ni, ishchidan
so’zlarini tarkibiga ko’ra tahlil qilish. 1)
asos va so’z yasovchi qo’shimchadan, 2) asos va shakl yasovchi qo’shimchadan, 3)
asos va so’z yasovchi, shakl yasovchi qo’shimchalardan tuzilgan so’zlar tanlash.
V. Tayanch so’zlar asosida o’qituvchi tavsiya etgan mavzuga oid kichik hikoya
tuzish.
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinflarda so’zning
morfemik tarkibi va
so’z yasalishini o’rgatish o’quvchilarning har bir so’zga ongli munosabatda
bo’lishlarini taominlaydi, so’z tarkibi va uning yasalishi
haqidagi dastlabki
tushunchalarni shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: