459
A.1-2-sinflarga
B) 2-3-sinflarga
C) 3-4-sinflarga
D) 1-4-sinflarga
SO’Z TURKUMLARINI O’RGANISH METODIKASI
O’quvchilarda so’z turkumlarini bilish ko’nikmasi
ularning belgilari
yig’indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan,
gul, guldor, gulladi
so’zlarining qaysi so’z turkumiga kirishini bilish uchun II sinf o’quvchisi
quyidagicha fikr yuritadi:
nima?
–
gul,
bu so’z
narsani bildiryapti, ko’plikda
qo’llanadi –
gullar,
bu ot;
guldor
so’zi
qanday?
so’rog’iga javob bo’lyapti,
narsaning belgisini bildiryapti, bu – sifat;
gulladi
so’zi
nima qildi?
so’rog’iga javob
bo’lyapti, narsaning holatini bildiryapti, bo’lishsiz shaklda qo’llanadi –
gullamadi,
bu – fe’l.
Boshlang’ich sinflar dasturi o’quvchilarni so’z turkumlari mustaqil va
yordamchi so’z turkumlariga bo’linishi bilan maxsus tanishtirishni ko’zda tutmaydi,
ammo o’qituvchi bolalarni so’z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi.
Masalan, o’quvchilar mustaqil so’z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, fe’lning gap
bo’lagi vazifasida kelishini, bog’lovchi gap bo’lagi bo’lmasligini biladilar.
So’z turkumlarini o’rganishdagi asosiy vazifa o’quvchilarning
og’zaki va
yozma nutqini o’stirish, lug’atini
yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish,
o’quvchilar shu vaqtgacha
foydalanib kelayotgan
so’zlarning ma`nosini aniq
tushunishiga erishish, bog’lanishli nutqda u yoki bu so’zdan o’rinli
foydalanish
malakasini o’stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so’z
turkumlarini o’rganish jarayonida sinonim, antonimlar (terminlar berilmaydi) ustida
muntazam ish olib boriladi, o’quvchilar ko’p ma`noli so’zlar, ularning o’z va
ko’chma ma`noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta`limni o’quvchilarnipg
shaxsiy
tajribalari, bevosita ko’rganlari, radiodan eshitganlari,
kitobdan bilib
olganlari bilan bog’lash muhim ahamiyatga ega.
460
O’quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko’nikmalarini shakllantirish,
atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o’stirish
vazifasi ham amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: