445
o’rtasidagi bog’lanishga tayanadi (masalan,
traktor v
a
traktorchi
so’zlari o’zaro
munosabatda bo’lgan tushunchalar, shu tufayli ma`no va tuzilishiga ko’ra
bog’langan). O’quvchilar so’zlarning ma`no va tuzilishiga ko’ra o’zaro
munosabatini haqiqatan bilsalar, atrof-muhitda mavjud bo’lgan predmetlar,
jarayonlar, voqealar o’rtasidagi bog’lanishni chuqur tasavvur etadilar, biladilar.
4. So’zda morfemaning ahamiyatini anglash, shuningdek, qo’shimchalarning
semantik ma`nosini bilish o’quvchilarda nutqning aniq
shakllanishiga ta`sir etadi.
O’qituvchining vazifasi o’quvchilarning so’zning leksik ma`nosini tushunibgina
qolmay, kontekstda aniq qo’shimchali so’zlardan ongli foydalanishlarini ham
o’rgatish hisoblanadi.
5. So’zning morfemik tarkibini o’rganish imloviy malakalarni shakllantirishda
ham katta ahamiyatga ega. Fonetik tamoyil yangi o’zbek imlosining yetakchi
tamoyili bo’lib, bunga binoan so’zlar va ularning tarkibiy qismi (asos va
qo’shimchalar) ko’proq talaffuziga muvofiq yoziladi. Asos va qo’shimchalarni
to’g’ri yozish malakasini nazariy asosda shakllantirish fonetik, so’z yasalishiga oid,
grammatik bilimlarni maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. SHuning uchun
so’zning morfemik tarkibini o’rganishning muhim vazifalaridan biri asos va
qo’shimchalarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo’lgan bilim
va ko’nikmalar asosini yaratish hisoblanadi.
6. So’zning morfemik tarkibini o’rganish o’quvchilarning aqliy qobiliyatini
o’stirishda, xususan, til birligi sifatida so’zni ongli bilib olish uchun zarur bo’lgan
maxsus aqliy ko’nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli. O’qituvchining
vazifasi ta`lim jarayonida bilimni o’zlashtirish bilan o’quvchilarda aqliy faoliyatni
o’stiradigan, analiz, taqqoslash ko’nikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratish
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: