425
Grammatik
tushunchalarda
til
hodisalarining
muhim
belgilari
umumlashtiriladi.
Tushunchani
o’zlashtirish ustida ishlash
jarayonida
o’rganiladigan tushunchaning muhim belgilarini ajratpsh maqsadida muayyan til
materiali analiz qilinadi. Masalan, so’z o’zgartuvchi qo’shimcha uchun quyidagi
ikki muhim belgi xarakterli:
1) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha – so’zning o’zgaradigan qismi;
2) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha sintaktik vazifani bajaradi, yaoni gapda
so’zlarni bog’lash uchun xizmat qiladi.
Tushunchani o’zlashtirishga oid ishlarda o’qituvchi muayyan bir
tushunchaning muhim belgilarini aniqlab oladi, dastur talabiga ko’ra, shu sinf
o’quvchilarini tushunchaning qanday belgilari bilan tanishtirishni, foydalanganda
yaxshi natija beradigan leksik materiallarni, metodik usul va vositalarni belgilab
oladi.
Til materialini analiz qilish jarayonida o’rganiladigan tushunchaning muhim
belgilari ajratiladi
(tushuncha ustida ishlashning birinchi bosqichi)
, so’ng belgilar
o’rtasidagi bog’lanish topiladi, bir tushunchaning xususiyati sifatida ular orasidagi
o’zaro munosabati aniqlanadi, atama beriladi
(tushuncha ustida ishlashning
ikkinchi bosqichi)
. O’quvchilar o’rganilgan tushuncha mohiyatini anglashlari va
bilimlarni nutq tajribasiga tatbiq etishlari uchun tushuncha taorifini aniq ifodalash
ustida ishlanadi
Dostları ilə paylaş: