O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   416
Intonatsiya 
(ohang)
.
Intonatsiya og’zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi 
elementlari: urg’u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining 
yig’indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta’sir etadi va hammasi birgalikda asarning 
mazmunini, g’oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini 
ifodalaydi. 
O’quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar 
quyidagilardan iborat: 
1. Nutq jarayonida nafasni to’g’ri olish va to’g’ri taqsimlay bilish. 
2. Har bir tovushning to’g’ri artikulyatsiyasi va aniq diktsiya (burro gapirish) 
malakasini egallash. 
3. Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash
23

Bu shartlar faqat ifodali o’qishgagina emas, balki ifodali nutqqa, ya’ni hikoya 
qilishga ham taalluqlidir. O’quvchining har qanday og’zaki hikoyasi ifodali bo’lishi 
zarur. 
Ifodali o’qishning asosiy vositalaridan biri 
ovoz
dir. Ovoz nafas bilan uzviy 
bog’lanadi. SHuning uchun o’qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni 
21
Рыбникова М.А. Очерки по методике литературного чтения. – Учпедгиз, 1945. -
Стр.125. 
22
Жўраев К. Ифодали ўқиш ва ҳикоя қилиш. –Т.: Ўқитувчи, 1968. 7-9-бетлар. 
23
Ўша асар, 11-бет. 


230 
talaffuz qilayotganda o’z nafasini boshqara olish va ovozdan to’g’ri foydalanishga 
o’rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (temp), 
yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O’quvchilar matn 
mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o’qish(gapirish)ga, nutqda tez, o’rtacha 
yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg’uni ifodalashga o’rganadilar. Ifodali 
o’qishga o’rgatishda o’quvchilar pauza va logik urg’u bilan ham tanishtiriladi.
Ifodali o’qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo’linadi: 
1. Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-
harakatini tahlil qilish, asarning g’oyasini belgilash, ya’ni asarning g’oyaviy-
mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish. 
2. Matnning qaysi joyida to’xtam (pauza) qilishni, mantiqiy urg’uning o’rnini, 
o’qish tempini belgilab olish. 
3. O’qishni mashq qilish, muallif fikrini, uning tasvirlangan voqea-hodisalarga 
va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan ifodalay olish uchun matnni 
qayta o’qish. 
Asarning mazmuni va g’oyaviy yo’nalishini tahlil qilish ifodali o’qishga 
o’rgatish bilan bog’lab olib boriladi. Ifodali o’qishga o’rgatishda matn mazmunini 
tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o’z munosabatini bildirish asosiy vazifa 
hisoblanadi. O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shakllantirish uchun asarni 
o’qituvchining ifodali o’qishi muhim ahamiyatga ega.
O’qish turlari 
Boshlang’ich ta’limda o’qishning uch turidan foydalaniladi: 
1. Ovozli o’qish. 
2. Ichda o’qish
3. SHivirlab o’qish 
Ovozli o’qish
ovozga asoslangan o’qish bo’lib, undan ta’lim jarayonida keng 
foydalaniladi. 
Ovozli o’qishning yakka, jo’r va rollarga bo’lib o’qish usullari mavjud. Yod 
aytish ham ovozli o’qishning bir shaklidir. 
Ichda o’qish
ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o’qiladi. 


231 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin