O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   416
Tez o’qish.
Tez o’qish me’yoriy tezlikda o’qish bo’lib, bunda o’qish sur’ati 
matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O’qish tezligi matnni 
tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o’sib borishi lozim. O’qilayotgan asar 
mazmunini o’zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan 
o’qish 
tez o’qish
deyiladi. 
O’qish sifatlarini yaxshi o’zlashtirgan holda o’quvchilarning o’qish sur’ati bir-
biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og’zaki nutq 
tempiga to’g’ri keladigan o’qish sur’ati normal tezlik hisoblanadi. CHunki o’ta tez 
ham, o’ta sekin o’qish ham matn mazmunini o’zlashtirishni qiyinlashtiradi. 
O’qish tezligi bir daqiqada o’qiladigan so’zlar soni bilan belgilanadi. 2005 
yilda e’lon qilingan o’qish dasturida 1-sinfning 2-yarim yilligida o’qish sur’ati 20-
25 so’z (notanish matnni o’qish tezligi ham 20-25 so’z); o’quv yili oxirida 25-30 
so’z; 2-sinfning 1-yarim yilligida matnni o’qish tezligi 30-35 so’z; 2-yarim yilligida 
40-50 so’z; 3-sinfning 1-yarim yilligida 60-70 so’z; 2-yarim yilligida 70-80 so’z; 4-
sinfning 1-yarim yilligida ichda ovozsiz 110-130 so’z, ovozli o’qishda 90-100 so’z 
deb belgilangan. 
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bir daqiqada bola 250 so’zli matnni o’qisa, undagi 
200 ta so’zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo’g’inlab o’qisa, uning diqqat 


228 
markazida so’z emas, bo’g’in bo’ladi. Natijada u so’zlarni eslab qola olmaydi
20
.
Bu 4-sinf o’quvchilarining o’qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so’zdan 100 
so’zni eslab qoladi. Bu esa yuqori ko’rsatkichlarga erishish imkonini beradi. 4-
sinfda bir daqiqada 170-180 ta so’z o’qiydigan o’quvchilar ham bor. 
O’qish tezligi to’rt yil davomida to’g’ri va ongli o’qish bilan bog’liq holda asta 
ortib boradi. O’qish tezligini tekshirganda o’qituvchi o’qiladigan materialning 
xarakterini, ya’ni g’oyaviy-mavzuviy murakkabligini, so’z va gaplarning tuzilishini, 
ularning bolalar nutqida qaydarajada ishlatilishini, o’qishning to’g’ri va ongli 
bo’lishini hisobga oladi. O’quvchilarning o’qish tezligi har xil bo’ladi, albatta. 
O’qituvchining vazifasi barcha o’quvchilarning o’qish tezligini, iloji boricha bir 
xillikka keltirishdan iborat. O’qish sur’atini oshirishda tez aytishlarni, maqollarni 
yod oldirish va matnni ovoz chiqarib o’qishni mashq qilish kabilar samarali 
usullardan hisoblanadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin