239
Boshlang’ich sinflarda adabiy tushunchalar va badiiy vositalar ustida ishlash
o’quvchilarning ijodiy tafakkurini o’stirishga,
ularda jonlantirish, o’xshatish,
mubolag’a kabi adabiy tushunchalar yuzasidan dastlabki tasavvur hosil qilishga
yordam beradi.
O’qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan
nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o’qishni to’g’ri uyushtirish uchun o’qituvchi
badiiy asarning o’ziga xos xususiyatlarini, ta’limning turli bosqichlarida o’qish
jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning matnni
idrok etish va o’zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
O’qish ta’limi bo’yicha o’quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida
dastur talablariga javob berib bo’lmaydi. Negaki, matn
tagzaminidagi tarbiyaviy
g’oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har
qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni anglab
yetilganda o’quvchi diqqatini o’ziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-nazariy
tushunchalarni o’zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini
shakllantirish orqali
erishiladi.
Asar tahlili jarayonida o’qituvchi savollariga o’quvchilarning o’z so’zlari bilan
javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan mantiqiy
fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to’g’ri baholashga yaqindan yordam
beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo’lmasdan, qat’iy maqsad asosida izchil
berilishi o’quvchilarning o’qilgan matn mohiyatini
chuqur anglab yetishlariga
imkon yaratadi, chunki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi.
Ta’kidlash joizki, o’quvchilarning o’zlarini ham savol tuzishga o’rgatish lozim.
K. D. Ushinskiy qayd etganidek, to’g’ri qo’yilgan masalaning o’zi yarim javobdir.
Matn yuzasidan savol tuzishda o’quvchining dars mavzusi bilan bog’liq jihatlarga
e’tibor berishi asarda tasvirlangan voqea-hodisalar o’rtasidagi sababiy
bog’lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo’l ochadi.
SHuning
uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o’quvchini ongli va tushunib o’qishga
yo’llaydi.