O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   416
1. Tanlab o’qish.
Bunda o’quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini 
o’qiydi. Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog’lanishini 
belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o’qilgan matnga o’z shaxsiy munosabatini 
ifodalashdan iborat bo’lishi mumkin. Masalan, 4-sinfda “Oltin kuz” matnidan 
“Tabiatdagi o’zgarishlar berilgan qismlarni topib o’qing”, “Baqa va taqa” ertagidagi 
“Taqachining nasihati berilgan joyni topish o’qing” kabi topshiriqlar berilishi 
mumkin. 
Tanlab o’qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab o’qishdan 
matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyinchilikda, murakkablikda 
foydalaniladi. U o’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlarini o’stirish bilan birga ularning 
ijodiy tasavvuri, nutqi va zehnini o’stirishga yordam beradi. Eng oddiy tanlab o’qish 
asar mazmuni yuzasidan bo’ladi. 
Tanlab o’qishning yana ham murakkabroq turlari matndan sabab-natija 
munosabati bilan bog’langan dalillarni taqqoslashni, umumlashtirishni talab 
qiladigan o’rinlarini topib o’qish hisoblanadi. Masalan, “Xarita” (Normurod 
Norqobilov) hikoyasi yuzasidan topshiriqlar quyidagicha bo’lishi mumkin: 
− Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qo’ydi? SHu o’rinni 
topib o’qing. 
− Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan o’rinni topib o’qing. 
Bunda o’quvchi biror qatnashuvchi shaxs o’zini qanday tutishini, nima uchun 
u shundayligini tasdiqlash uchun matndan material tanlab o’qiydi. 
Tanlab o’qish ongli va ifodali o’qish malakasini shakllantirishni matn ustida 
ishlash ko’nikmasini shakllantirish bilan birga qo’shib olib borishga, bolalarning 
ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini o’stirishga imkon beradi. SHuning uchun undan 
o’qish darslarida keng foydalaniladi.


250 
Tanlab o’qish matn rejasini tuzishda (matn qismiga uning mazmunini 
ifodalaydigan gapni, ya’ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish (matndan 
qahramonning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi materiallar 
tanlash)da, asar g’oyasini aniqlash ( g’oyani anglatgan o’rinni topib o’qish)da tatbiq 
etiladi.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin