O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


O’quvchilarni savol berishga o’rgatish



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   416
3. O’quvchilarni savol berishga o’rgatish. 
O’quvchilarni savol berishga 
o’rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, 
to’g’ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo’ladi. O’quvchilar matnni ongli 
o’zlashtira olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar. O’quvchilarga savol 
berishni o’rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir. 
O’quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o’rgatish uchun o’qituvchi matnga 
o’zi tuzgan yoki «O’qish kitobi»da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil uchun
“Nega u yoki bu savol qo’yilgan?”, “Unda kim yoki nima haqida gap boradi?”, 
“Savol ko’proq qaysi so’zlar bilan boshlanadi?”
kabi savollarni ishlatadi va 
matndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni o’rgatadi. Ikkinchidan, 
o’qituvchi o’quvchilar e’tiborini matnga savol tuzish yo’liga qaratadi va savol 
tuzishdan oldin matnni diqqat bilan o’qish, qatnashuvchi shaxslarni ko’rsatish, savol 
tuziladigan qismni ajratish kerakligini tushuntiradi. Savol tuzishga o’rgatishning 
boshlang’ich bosqichida bu mashq jamoa bo’lib bajariladi va ta’limiy xarakterda 
bo’ladi; buning uchun qulayroq savol ajratilib, nima uchun u qiziqarli ekani yoki, 
aksincha, noqulay bo’lsa nima uchun noqulayligi tushuntiriladi. Masalan, 3-sinfda 
“Ahillik ulug’ baxt”
ertagida 
“Odamlarning cholning bolalari haqidagi fikri 
yuzasidan savol tuzing”
topshirig’i berilgach, o’quvchilar 
“Odamlar aqlli cholning 
bolalari haqida nima deyishdi?”
kabi savol tuzishlari mumkin.


252 
4-sinfda 
“Qovun sayli”
(SH.Sa’dulla) hikoyasi yuzasidan savol tuzish 
topshirig’i quyidagicha beriladi: 
− Hikoyadagi birinchi xatboshini o’qing va shu qism yuzasidan savol tuzing. 
− Hikoyadagi birinchi xatboshida qo’llangan so’zlarning ma’nosini izohlash 
bo’yicha savol-topshiriqlar tuzing. (
Bejirim, sertor
so’zlarining ma’nosini izohlang) 
− Hikoya qahramonlari yuzasidan savollar tuzing va shu kabilar. 
Keyinchalik o’quvchilar muhokama va ijodiy savollar berishni ham 
o’zlashtirib oladilar. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin