O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   416
4. Matnni tasvirlash.
Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta 
ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan 
to’g’ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni 
o’quvchilar aniq tasavvur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki xil 
tasvirlash mumkin: 
1) so’z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash.
So’z bilan tasvirlash
o’ziga xos murakkab ish turi bo’lib, unda manzarani so’z 
yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So’z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik 
tasvirlash uchun ham o’quvchi matnni, undagi voqea sodir bo’lgan vaziyatni, 
qatnashuvchilarning tashqi ko’rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi 
zarur. So’z bilan tasvirlashda so’zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa o’quvchilar 
nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi.
Tasvirlashdan o’qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos 
sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda 
foydalanadi. Tasvirlashdan mustaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o’qituvchi 
matnning ma’lum qismidan o’quvchilarga juda ma’qul bo’lgan manzarani so’z bilan 
yoki grafik tasvirlashni, unga muallif so’zini tanlashni hamda turli tabiat 
manzaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko’rinishini, voqea sodir bo’lgan 
joylarni tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin. 
Matnni so’z bilan tasvirlashga o’rgatishni darslikda berilgan rasmni matndagi 
shu rasmga mos qism bilan taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak. 
So’z bilan tasvirlash bosqichma-bosqich, maxsus tayyorgarlikdan so’ng 
amalga oshiriladi: 


253 
1. Matndan manzara, vaziyat yoki qahramonlarning tashqi ko’rinishi 
tasvirlangan o’rinlar aniqlanadi. 
2. Nisbiy tugallangan o’rinlar ajratiladi. 
3. Tasvirlashga leksik-uslubiy tayyorgarlik ko’riladi, ya’ni yozuvchi, shoir 
qo’llagan lug’aviy birliklarga o’quvchilar diqqati tortiladi va ular tahlil qilinadi. 
Tasvirlashda so’zni aniq tanlashga yordam beriladi.
4. So’z bilan tasvirlashga o’rgatishning dastlabki paytida xattaxtaga 
foydalaniladigan so’zlar yozib qo’yilishi zarur. So’z bilan tasvirlash qayta 
hikoyalashga aylanib qolmasligi lozim. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin