251
o’quvchilarni o’z
fikrini aytishga undovchi
«Sobir o’qishdan kechikish sababini
ochiq aytib to’g’ri qildimi?», «Uning o’rnida siz bo’lganingizda nima qilardingiz?»
kabi savollar o’quvchilarning
fikrlash qobiliyatlarini, og’zaki nutqini o’stiradi va
matnni yaxshi o’zlashtirishlariga yordam beradi. Asardagi voqealar tizimiga oid
savol-topshiriqlar tuzish va undan tahlil jarayonida
ijodiy foydalanish ham kata
ahamiyatga ega. Masalan, 4-sinf “O’qish kitobi”dagi Qudrat Hikmatning
“Bahor”
she’ri asosida
“SHe’rda dastlab nimalar haqida gapiriladi?”, “SHe’rdagi fikr
yuritilgan narsalarni ketma-ket aytib bering”, “SHoir bahorni tasvirlashda qanday
tasvir usullaridan foydalangan?”
kabi savol-topshiriqlardan
foydalanish
o’quvchilar faolligi oshiradi.
Savol-topshiriqlar ustida jamoa, juft va yakka tartibda ishlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: