248
3. Og’zaki qayta hikoyalab, so’zlab berish. Bu o’qituvchidan alohida
tayyorgarlikni talab etadi. CHunki
asar matniga yaqinlashtirib, badiiy vositalarini
to’liq saqlagan holda hikoyalash zarur, aks holda o’quvchilarning
badiiy asarni
o’qishga bo’lgan qiziqishi susayadi.
4. Yoddan ifodali aytib berish. SHe’riy asarlar yoddan aytib berish orqali
tanishtirilsa, o’quvchi o’qituvchining mahoratini yuqori baholaydi. O’zida ham yod
olishga qiziqish paydo bo’ladi.
5. Asarning muhim dialogli o’rinlarini yoki butun asarni sahnalashtirish orqali
tanishtirish.
6. Asarning bir qismini (muammoli o’rnini) o’qituvchining o’qib berishi,
qolgan qismini o’quvchilarning ichda mustaqil o’qishi.
8. Asarni musiqa sadolari ostida o’qib berish. Bu asarning ta’sirini
kuchaytiradi, o’quvchilarning estetik didini tarbiyalaydi, ularni toliqishdan saqlaydi.
Umuman olganda, asarning janriy xususiyati hisobga olingan holda u bilan
tanishtirishning o’ziga xos usullarini tanlash lozim.
Badiiy asar matni ustida ishlash
Boshlang’ich sinflarda to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qishga o’rgatish vazifasi
o’quvchilarda asarni tahlil qilish ko’nikmasini shakllantirish bilan birga amalga
oshiriladi. O’qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o’zaro
bog’liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi.
Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning
asosiy yo’nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni,
kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va xarakterli xususiyatlarini,
asarning g’oyasini aniqlash hisoblanadi.
Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning
tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bog’liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar
ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni
umumiy ravishda amalga
oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo’nalishini
belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar bajaradigan
249
topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini
aniqlab olishga yordam beradi.
Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning
quyidagi turlaridan
foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: