243
Badiiy asarni o’qishga tayyorgarlik
Asarni o’qishga kirishishdan oldin o’quvchilarni badiiy asarni o’qishga
tayyorlash lozim bo’ladi. CHunki o’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari
uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishlari zarur. Buning uchun
tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi.
Ma’lumki, sinfda o’qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi.
O’quvchilarni matn bilan tanishtirish o’qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi.
Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma’lumot berish, o’quvchilarni
asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idrok qilish,
asar pafosini his etish,
notanish va ko’p ma’noli so’zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash
kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo’lsa, tabiat qo’yniga
sayohat uyushtirish ham sinfda o’qish muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiladi.
Matn bilan dastlabki tanishuvdan so’ng quyidagicha savollar bilan murojaat
qilish darsda o’quvchilarning faolligini oshiradi:
1. Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb o’ylaysiz?
2. Hikoya qahramonlaridan qaysi birining xatti-harakatini ma’qullaysiz?
Qaysi birining fe’l-atvori, o’zini tutishi sizga yoqmadi?
3. Hayotda shunday kishilarni uchratganmisiz?
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari quyidagilar:
1. O’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi
tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar
berish, badiiy asarda tasvirlangan dalillarni o’quvchilarning o’z
hayotida
kuzatganlari bilan bog’lay olishlariga sharoit yaratish.
2. Yozuvchining hayoti va ijodiga qiziqish uyg’otish.
Masalan,
4-sinfda Zafar
Diyorning hayoti va ijodi haqida quyidagicha ma’lumotlar berish mumkin:
Zafar
Diyor Namangan viloyatining CHust tumanida tug’ilgan. Ota-onasi dehqon
bo’lgan. Ular kambag’allikda kun kechirishgan. Zafar Diyor to’rt yoshga to’lganda
uning oilasi Toshkentga ko’chib keladi. Onasi bosmaxonada ishlaydi. SHoirning
244
o’zi esa eski maktabda o’qiydi. Keyinchalik Toshkentdagi 7- bolalar uyida
tarbiyalanadi. SHoirning birinchi she’rlar to’plami 21 yoshida bosilib chiqadi.
3. O’quvchilarni asarni hissiy idrok etishga tayyorlash.
4. Asar mazmunini tushunishga xalal beradigan so’zlarning lug’aviy
ma’nolarini tushuntirish.
Masalan,
4-sinf “O’qish kitobi”dagi “Xarita” matni ustida
ishlaganda so’z va iboralar lug’ati quyidagicha bo’lishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: