254
mazmuniga mosini topib qo’yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o’rgatishda
o’qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani
tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi.
Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o’qituvchi rahbarligida tanlab
o’qish
hisoblanadi, bolalar matndan o’qituvchi bergan savolga javob bo’ladigan
o’rinni topib o’qiydilar.
Reja tuzish «oddiydan murakkabga» tamoyili asosida asta-sekin
murakkablashtirilib, muayyan izchillikda o’tkazib boriladi. O’quvchilar 1-sinfda
o’qilgan kichik matnga o’qituvchi rahbarligida so’roq gap tarzida sarlavha
tanlashlari, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o’qituvchi rahbarligida so’roq yoki
darak gap tarzida tuzishlari, 3-sinfda o’qilgan matn rejasini jamoa bo’lib tuzishlari,
4-sinfda mustaqil reja tuza olishlari kerak.
Rejaning eng oddiy shakli rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun avval bolalar
kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tanlashga va uni nomlashga
o’rgatiladi, keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalarning o’zlari so’z
bilan tasvirlaydilar. Hikoya o’qiladi va qismlari bo’yicha
tahlil qilinadi, so’ng
o’quvchilar matnning 1-qismini o’qiydilar, o’qituvchi ulardan qanday rasm chizish
mumkinligini so’raydi. Qolgan qismlari ustida ham ishlar shu tarzda ishlanadi.
O’quvchilar chizgan rasmlariga nom (sarlavha) qo’yadilar. Ular qo’ygan nom
sarlavha doskaga reja qismi tarzida yozib beriladi.
O’quvchilar rasmli reja tuzishdan mantiqiy reja tuzishga o’tadilar. Bunday reja
tuzish quyidagi izchillikda o’rgatiladi:
1. O’qituvchi qismlarga bo’lingan matnga tanlab reja tuzadi va matn rejasining
o’rnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib qo’yadi.
O’quvchilar matnning 1-qismini o’qiydilar, shu qism mazmuniga mos sarlavhani
topadilar, uni o’qituvchi xattaxtaning o’ng tomoniga yozadi. Ana shu tarzda
xattaxtada o’qilgan matnning rejasi hosil bo’ladi.
2. Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida
har bir qismdagi asosiy g’oyani aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar, o’qituvchi
sarlavhalarni reja tarzida xattaxtaga yozib boradi.
255
3. Qismlarga bo’linmagan
matn tanlanadi, sarlavhalar matn rejasi tartibida
xattaxtaga yoziladi. O’quvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib, matnni
qismlarga bo’lish topshiriladi. Ular matnni o’qishadi
va sarlavhalarga tegishli
qismni ajratadilar.
4. Qismlarga bo’linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga
yoziladi. O’quvchilarga yuqoridagiday qismlarga bo’lish topshiriladi. O’quvchilar
matnni o’qib, nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani
xattaxtadan tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi.
O’quvchilarda reja tuzish ko’nikmasi hosil bo’lgach, 3-4-sinflarda ular matnni
mustaqil ravishda qismlarga bo’ladilar, har bir qismga reja tuzadilar. Rejani darak
va atov gap tarzida shakllantiriladilar, unda har bir qism bir turdagi gaplar shaklida
bo’lishi lozim.
O’quvchilar lug’atini boyitish, nutqining hissiy ta’sirini
kuchaytirish, badiiy
vositalardan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, nutq madaniyatini o’stirish
maqsadida asardagi badiiy vositalar ustida ishlanadi. Masalan, 4-sinf “O’qish kitobi”
darsligidagi
Dostları ilə paylaş: