O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   416
iboralar ustida ishlanadi
. Bunda quyidagicha topshiriqlar beriladi:
− 
Berilgan gaplarni o’qing, tagiga chizilgan iboralarning ma’nosiga diqqat 
qiling. Ularni bir so’z bilan almashtirish mumkinmi? Yoki ularning ma’nosini 
boshqa so’z bilan ifodalash mumkinmi? 
1. Askarlarning suroni quloqni qomatga keltiradi – qattiq eshitiladi. 
2. Kechasi uyqusi kelib, ko’ziga qum tiqila boshlaganda ... – ko’zi og’riy 
boshlaganda, uyqusi kela boshlaganda.
3. Ba’zilar mehnati bekorga ketayotganini ko’rib, qo’llarini qo’ltiqqa urdilar – 
ishonchini yo’qotdilar.
4. ... ko’pchilikning hafsalasi pir bo’ldi – ... ishini to’xtatdi.
5. ... kiyimi bilan o’zi yonib ketishi turgan gap edi − aniq edi. 
6. Oxiri baxayr bo’lsin – yaxshilik bilan tugasin. 
7. ...nima to’g’risida bosh qotirayotganini bilib turibman – o’ylayotganini; 
8. Bul yerda qolsam bir kuni meni chaqirib, oyog’imga bolta uradilar – yo’q 
qiladilar va shu kabilar. 
Hozir maktab tajribasida izohli o’qish, ijodiy o’qish, adabiy o’qish usulidan, 
muammoli o’qitish metodlaridan, ilg’or pedagogik texnologiya metodlaridan ham 


257 
keng foydalanilmoqda. Masalan, 
A. Qodiriyning «CHin do’st»
hikoyasini 
o’rganishda izohli o’qish metodidan foydalanish mumkin. CHunki bu asar matnida 
o’quvchilarga lug’aviy ma’nosi tushunarsiz bo’lgan so’zlar uchraydi. Masalan, 
hikoyadagi 
saboqdosh, mirzaboshi, havolanmas, asrandi, g’arq, holda, mahdum, 
marsiya, xun, hamnishin, dildor, notavon, g’urbat
 
kabi so’zlar izoh talab etadi. 
Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli: 
badiiy 
asarni yozuvchiga ergashib yaxlit o’rganish, obrazlar vositasida o’rganish, 
mavzuli-muammoli o’rganish
alohida ajratib ko’rsatiladi. 
Boshlang’ich sinflarda, asosan, matn asosidagi tahlildan foydalaniladi, ya’ni, 
o’qituvchi asarni tahlil qilishda asar matniga asoslanadi. Uni o’zgartirmagan holda 
undagi ma’noni, jozibani o’quvchilarga yetkazib beradi. 
Boshlang’ich sinflarda muammoli tahlil usulidan ham foydalanish mumkin. 
Masalan, 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin