267
SHundan so’ng guruhlarga asar matni ichda o’qishga topshiriladi.
Guruh
o’quvchilariga quyidagi topshiriq beriladi:
− Har bir guruh o’z qismini ichida o’qiydi.
Uning mazmuniga va
qahramonlariga doir savol-topshiriqlar tuzadi va konvertga solib uzatadi. Tuzilgan
savollar izohlanib, rag’batlantirilib boriladi.
III. Fikrlash bosqichi.
Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1. O’quvchilar o’zlari tuzgan savollarga javob beradilar:
− Qadimda qorbo’ron qanday qorlar bilan o’ynalgan? Nima uchun?
− Bo’yoq bozori qancha yilda bir bo’lar ekan?
− Nega qorlar oq rangda yog’ar ekan?
− Bahoroy qaysi bo’yoqlarni xarid qilibdi?
− Kuz kelganda qozonlarda qaysi bo’yoqlar bor edi?
− Qish kelganda qozonda qaysi bo’yoq qolgan edi?
− Yoz uyqudan uyg’onib nimani o’ylab ketibdi?
− Yoz qaysi bo’yoqlarni olganini o’ylab toping.
− Kuz qaysi bo’yoqlarni o’chirib, uning o’rniga qaysi bo’yoqlarni surtib
chiqdi?
− Qish o’z zahrini nimalarga sochadigan bo’lib qolibdi?
2. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlanadi.
Bularni barcha guruh
bajaradi. Guruhning faol ishtirokiga qarab ball qo’yiladi.
3. O’qituvchi «Kumush qish» va o’qilgan
asar yuzasidan tuzgan test
topshiriqlarini guruhlarga tarqatadi.
4. Qish fasli bilan bog’liq maqol va topishmoqlar aytiladi:
Bahor, yoz, kuz qishlaydi, Qish paytida ishlaydi. (Pechka)
Qish yopingichingni qo’yma, Yoz o’zing bilasan.
(Maqol)
5. O’qituvchi sardorlar uchun asar matni yuzasidan
savol-topshiriqlar tuzib
keladi. Bu savol-topshiriqlar
konvertlarga solinib, guruhlarga beriladi.
Dostları ilə paylaş: