O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


«Olma» (Malik Murodov),  «Ilmli ming



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   416
«Olma»
(Malik Murodov), 
«Ilmli ming 
yashar»
(Nurmat Maqsudiy), 
«Xazonchinak»
(O’. Hoshimov), 
«Qo’shterak»
(A. 
Irisov)va boshqa qiziqarli hikoyalar berilgan. Ular mavzu jihatdan xilma-xil bo’lib, 
qahramonlarining xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi. 
Hikoya biror bir davr bilan bog’liq bo’ladi. O’quvchilar qahramonlarning 
maonaviyatiga bo’lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong’i tomonlari 
xususida muayyan tushunchaga ega bo’la boshlaydilar. Ularda go’zallik va 
nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg’usi hikoyalar bilan tanishish 
va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda 
«Jaloliddin 
Manguberdi»
hikoyasida CHingizxon va uning qo’shinlariga nisbatan nafrat 
uyg’otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati orqali ona-Vatanga mehr-
muhabbat uyg’otiladi, uning taqdiri orqali o’z ajdodlaridan faxrlanish tuyg’usi 
paydo bo’ladi. 
Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o’ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib 
chiqib ish ko’rishni taqozo etadi. Undagi har bir so’z, ibora, gap yozuvchining fikrini 
ifodalashga xizmat qiladi. 
Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o’rganishdagina 
emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o’qish, muammoli usullardan 
foydalanish uchun ham manba bo’lishi lozim. 
Boshlang’ich sinflarda hikoya syujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini 
o’rganish bo’yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda 
o’quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi. 
«Jaloliddin Manguberdi»
hikoyasi 
qahramonlarini, 
ularning 
xatti-
harakatlarini o’rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda quyidagi reja 
asosida amalga oshirish mumkin: 


271 
1. CHingizxonning hiyla ishlatgan o’rnini matndan topish. Uning 
o’quvchilarda qanday taassurot qoldirganligini aniqlash. 
2. Jaloliddin Manguberdining Eron va Afg’onistonda mo’g’ullarga qarshi 
kurashib, erishgan g’alabasi tasvirlangan o’rinni topib o’qish.
3. Lashkarboshilarning o’lja taqsimlashi oqibatida nima yuz berganini 
aniqlash. Bu o’rinni matndan topish. 
4. Jaloliddin Manguberdining jasorati yana qaysi o’rinda ko’ringanini aniqlash. 
5. CHingizxon Jaloliddin Manguberdiga nima uchun tan berganini aytish. 
SHundan so’ng o’quvchilar Jaloliddin Manguberdi haqida ongli fikr 
yuritadilar. CHingizxon bilan Jaloliddin Manguberdining xatti-harakatlarini 
taqqoslab, farqlaydilar. 
Hikoya mazmunini o’zlashtirish bo’yicha matn asosida quyidagicha ishlar 
amalga oshiriladi: 
1. Matn mazmuni yuzasidan o’qituvchi savollariga javob berish. 
2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish. 
3. Hikoya mazmuni yuzasidan o’quvchilarning savollar tuzishi. 
4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish. 
5. Hikoya matnini qismlarga bo’lish. 
6. Har bir qismga sarlavha topish. 
7. Hikoyaga reja tuzish. 
8. Reja asosida qayta hikoyalash (to’liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash).
9. Reja asosida bayon yozish. 
Tahlilda o’qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga 
ega. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin