272
mazmun va voqealar orasidagi bog’lanishni to’liq esda saqlab qolishda
o’quvchilarga yordam beradi.
Hikoyani izohli o’qish darsini quyidagicha reja asosida olib borish
mumkin:
1. Hikoyani o’qishga tayyorlash (hikoyadagi kabi odamlar hayoti va davrga
xarakteristika berish va boshqa.).
2. Hikoyani o’qish (bunda to’liq va maono jihatdan tugal qismni o’qituvchi
yoki oldindan tayyorlangan o’quvchi ifodali o’qishi mumkin).
3. Lug’at ustida ishlash.
4. Idrok etishni tekshirish (qatnashuvchilarning xatti-harakatlari, shaxslar va
voqealar o’rtasidagi munosabatlar, badiiy vositalar yuzasidan qisqacha suhbat).
5. Hikoyani qayta o’qish (qismlarga bo’lib, rollarga bo’lib o’quvchilarga
o’qitish).
6. Hikoyaning har bir bo’limi (qismi) yuzasidan suhbat uyushtirish, xikoya
rejasini tuzish.
7. Reja asosida qayta hikoyalash.
8. Hikoya asosida ijodiy va mustaqil ishlar.
9. Hikoyani ifodali o’qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki
uyda).
10. Hikoyani ifodali o’qish va ifodali qayta hikoyalash.
Ilg`or pedagogik texnologiya asosidagi hikoya o`tish darsi namunasi:
Mavzu.
SHirin qovunlar mamlakatida.
O’quv materiali.
Qovun sayli (SH. Sa`dulla).
Darsning turi:
yangi bilim beruvchi, hikoya o’qish darsi.
Dostları ilə paylaş: