276
− qovun dum beryapti − “pishdi” maonosida.
Savlavha. «Tungi voqealar».
O’quvchilar hamma guruhning lug’atini va topgan
sarlavhasini daftarlariga
yozib boradilar.
O’quvchilar aniqlamagan so’zlarni o’qituvchi aytib, izohlab beradi.
Ifodali o’qish va qayta hikoyalash mashqi.
Har bir guruh o’z qismini o’qib,
gapirib beradi.
Rollarga bo’lib o’qitish
da har bir guruhdan o’quvchilar tanlanadi. (Tog’a,
muallif, Hasan, Zuhra)
III. Fikrlash bosqichi.
1. Darslikdagi savol-topshiriqlar bilan ishlash.
Har
bir guruh asar matni
ostida berilgan 1-, 2-, 3-, 5- savollarga javob beradi. O’quvchilarga qo’shimcha
savollar beriladi:
− O’zbek xalqining kuz faslida o’tkaziladigan qaysi anoanaviy bayramlarini
bilasiz?
− «Qovun sayli»da qanday ishlar qilinadi?
Javob namunasi.
O’zbek xalqining kuzda o’tkaziladigan «Hosil bayrami»,
«Qovun sayli» kabi ko’pgina bayramlari bor. «Qovun sayli» qovunlar ayni g’arq
pishgan pallada o’tkaziladi. «Qovun sayli»da qovunlar aytishuvi ham bo’ladi. Bunda
har bir qovun o’zini taoriflaydi, maqtaydi. Saylga yig’ilgan
odamlar qovun-
tarvuzlarni uzib, yig’ib olishga yordam beradi.
Bunda odamlar pishib ketgan
qovunlarni so’yib, qovun qoqi qiladilar. Qishki qovunlarni osib qo’yish uchun to’rva
xaltalar to’qiydilar. Bularning hammasi dehqonga ancha yordam bo’ladi.
2. Reja tuzish.
Har bir guruh o’z qismiga reja tuzadi.
Reja namunasi:
1. Tog’amning taklifi.
2. CHo’ldagi qovun polizlari.
3. Qovunxo’rlik.
4. Hasan va Husan chaylada.
5. Tungi voqealar.